337
Z
ZAMONAVIY JAMIYAT
— jamiyatlarning rivojlanish jarayoniga ko‗ra
ajratilgan ikki turidan biri. Z.j.ga sanoati rivojlangan davlatlar kiradi. Bu jamiyatlarning
ijtimoiy munosabatlar tizimida shaxs eng oliy qadriyat sifatida e‘tirof etiladi. Zamonaviy
jamiyatlar pragmatizm, ratsionalizm, tanlash erkinligi, mulkchilik; madaniyatlar muloqoti
kabi umumiy qadriyatlar asosida rivojlanadi. Erkin individlar fuqarolik jamiyatini tashkil
etadilar. Hukumat va ratsional byurokratiya ularning oldida mas‘uldir.
ZAMONAVIYLASHUV
— jamiyat tizimi xususiyatlarining o‗zgarishi jaryoni
sifatida uning eng muhim sohalarining qayta qurilishini va murakkabroq, ammo
moslashuvchan turmush tarzining shakllanishini nazarda tutadi. Zamonaviylashuv
nazariyasi XX asrning 50-yillarida vujudga keldi. Zamonaviylashuv nazariyasi barcha
ijtimoiy omillar tengligi, ulardan birining muayyan vaziyatda ustunligi mavjud shart-
sharoitlarga bog‗liqligidan kelib chiqadi.
ZAMONAVIYLASHUV (siyosiy zamonaviylashuv)
— yuqori samara bilan
ishlaydigan hokimiyat tashkilotlari cho‗zilishi, ularning rollari; funksiyalari va
vakolatlari aniq chegaralanishi, jamiyatda oqilona byurokratiya shakllanishi,
fuqarolarning siyosiy jarayonda faol ishtirok etishidan iborat. Bunday o‗zgarishlar
jamiyat rivojining mantig‗idan kelib chiqadi.
ZARDUSHTIYLIK
— mil. av. VII-VI asrlarda vujudga kelgan din. Asoschisi –
Zardusht. So‗nggi tadqiqot xulosalariga qaraganda, O‗rta Osiyo, xususan, Xorazm Z.
vatani bo‗lgan. O‗rta Osiyo, Eron, Afg‗oniston, Ozarbayjon hamda Yaqin va O‗rta
Sharqning bir necha mamlakatlarida tarqalgan. Qadimgi paxlaviy tilida ―Zardusht‖ so‗zi
―Magupta‖ deb atalgan. Paxlaviy tilidagi yodgorliklarni arab tiliga tarjima qilgan olimlar
uni ―majus‖ shaklida qo‗llagan. Natijada o‗rta asrlardan beri ―Zardusht‖ ―majus‖,
―zardushtiylik‖ esa ―majusiylik‖ sifatida qo‗llanib kelingan. Avestoda bayon etilgan. Z.
ta'limoti dunyodagi hamma tartiblar yaxshilik va yomonlik, yorug‗lik va qorong‗ulik,
hayot va o‗lim o‗rtasidagi kurashga bog‗liq, deb tushuntiradi. Eng asosiysi – Z.da e‘tiqod
erkinligi mavjud bo‗lgan. Z. insonlarni tenglikka, hamjihatlikka, birbiriga yaxshilik
qilishga, yer yuzida tinch-totuv hayotni ta'minlash uchun kurashga chorlagan, unda
ma‘rifat zulmatga, adolat zulmga qaramaqarshi qo‗yilgan. Z.da har bir inson butun
kuchini o‗zini kamolatga yetkazish yo‗liga sarf etmog‗i lozim. Z. ruhoniylari alohida
tabaqa sifatida ajratilib, ularga maxsus imtiyozlar berilgan. Z. arshakiylar va sosoniylar
podshohligi davrida hukmron dinga aylangan. Z. 13 asr davomida ajam mamlakatlarida
asosiy din bo‗lib kelgan.
Dostları ilə paylaş: