Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə441/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   437   438   439   440   441   442   443   444   ...   462
LUG\'AT

O„ 
O„RDA
, O‗RDU — 1) turkiy va mo‗g‗ul xalklarida hukmdor, xon qarorgohi,
qal‘a. Istiloh ushbu ma‘noda ilk bor qadimiy O‗rxun Enasoy bitigi «Irq bitig» da qayd 
etiladi. Qoraxoniy hukmdor saroyi yoki Koshg‗ar shahri O‗rdukand deb yuritilgan. 
Ba‘zan O‗. o‗rnida uning ma‘nodoshi xonto‗y birikmasi ham ishlatilgan. Yirik turk va
mo‗g‗ul davlatlari hamda ko‗chmanchi qabilalari ittifoqlari — Oltin O‗., No‗g‗ay
O‗.ning nomi shundan kelib chiqqan. Turli tarixiy davrlarda qal‘a (V-VI-asrlargacha),
diz (VI-VIII-asrlarda), ark (IX-XVII-asrlar) deb ham atalgan. O‗., asosan,
balandlikda bunyod etilgan, unga qiya uzun yo‗lak (pandus) orqali kirilgan; davlat
ahamiyatidagi inshootlar, ma‘muriy binolar, hukmdor saroyi va boshqalarni o‗z ichiga
olib, atrofi burjlari bo‗lgan devor bilan o‗ralgan. O‗. shaharsozlik tarixida muhim o‗rin
tutgan. 
O„LKA
— 1) tabiiy geografik rayonlashtirishning yirik taksonomik birliklaridan 
biri. 2) har bir kishi tug‗ilib o‗sgan joy, qishloq, shahar va hokazo. 3) ba'zi 
mamlakatlardagi yirik ma'muriy-hududiy birlik, mas., Rossiya Federasiyasidagi Oltoy 
o‗lkasi, Stavropol o‗lkasi va boshqalar. 
O„NG
— siyosiy kuchlar joylashuvida jamiyatning ijtimoiy-siyosiy tuzulishi 
saqlanishini maqsad qilib olgan konservativ siyosiy oqim. 
O„RTA ASR
, o‗rta asrlar — tarix fanida jahon tarixining qadimgi dunyo tarixi
bilan yangi tarix oralig‗idagi davrni ifodalash uchun qabul qilingan atama. O‗.a.
tushunchasi XV-XVI asrlarda italyan tarixchilari asarlarida vujudga kelgan, fanda 
XVIII asrdan qaror topgan. Dastlab G‗arbiy Evropa mamlakatlari tarixiga nisbatan 
ishlatilgan. 
O„RTA OSIYO
— Yevrosiyo materigining o‗rta qismida, g‗arbda Kaspiy dengizi 
qirg‗oqlaridan sharqda Xitoy chegarasigacha, shimolda G‗arbiy Sibir tekisligidan, 
janubda Nishopur, Safedko‗h va Hindukush tog‗larigacha cho‗zilgan yirik tabiiy 
geografik o‗lka. U materik ichkarisida, Atlantika okeanidan 4 ming km., Shimoliy muz 
okeanidan 2,5 ming km., Tinch okeandan 5,5 ming km. va Hind okeanidan ming km. ga 
yaqin masofada joylashgan, suvlari okeanlarga chiqib keta olmaydigan berk havzadan 
iborat. O‗.O. hududi o‗rta asrlarda, Turon arab manbalarida Movarounnahr, XIX asrning 
2-yarmi va XX asr boshlarida (1924–1925-ylarda o‗tkazilgan milliy davlat 
chegaralanishigacha) Turkiston deb atalgan, keyinchalik O‗.O. deb ataladigan bo‗ldi. 
Sobiq Ittifoq barham topigach O‘.O. tushunchasi siyosiy jixatdan o‘z ahamiyatini 
yo‘qotib, O‘zbekiston, Qozag‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlari 
rahbarlarining o‘zaro kelishuvi (1993) natijasida Markaziy Osiyo tushunchasi qo‘llab 
kelinmoqda. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   437   438   439   440   441   442   443   444   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin