Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan


O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIGI



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə443/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   439   440   441   442   443   444   445   446   ...   462
LUG\'AT

O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIGI
— shaxs bilan O‗zbekiston 
Respublikasining doimiy siyosiy-huquqiy aloqasini belgilovchi holat; bu aloqa ularning 
o‗zaro huquqlari va burchlarida ifodalanadi. O‗.R.f.ni tasdiqlovchi hujjatlarga ega 
bo‗lgan shaxslar O‗zbekiston fuqarolari hisoblanadi. O‗zbekiston fuqarolari bir vaqtning 
o‗zida boshqa mamlakatlarning fuqarolari bo‗lishi mumkin emas. Fuqarolikka ega 
bo‗lish va uni yo‗qotish asoslari hamda tartibi ―O‗zbekiston Respublikasining fuqaroligi 
to‗g‗risida‖gi qonun (1992-yil 2-iyul)da belgilab berilgan. Ushbu qonunga ko‗ra, 
O‗zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan, shuningdek, davlat yo‗llanmasi bilan 
O‗zbekiston Respublikasidan tashqarida ishlayotgan, harbiy xizmatni o‗tayotgan yoki 
o‗qiyotgan shaxslar O‗zbekiston Respublikasining fuqarolari bo‗ladilar. Chet el 
fuqarolari va fuqaroligi bo‗lmagan shaxslar ham O‗.R.f.ga qabul qilinishi mumkin. 
Qonunda O‗.R.f.ga qabul qilish shartlari, O‗.R.f.ning to‗xtalishi va yo‗qotilishi hollari 
ko‗rsatib o‗tilgan. O‗.R.f. to‗g‗risidagi ishlarni O‗zbekiston Respublikasining Prezidenti, 
O‗zbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi, O‗zbekiston Respublikasining 
Tashqi ishlar vazirligi, O‗zbekiston Respublikasining diplomatiya vakolatxonalari va 
konsullik muassasalari yuritadi. O‗zbekiston Respublikasi o‗z hududida ham, uning 
tashqarisida ham o‗z fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko‗rsatishni 
kafolatlaydi, ularning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qiladi. 
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI
— O‗zbekiston parlamenti, 
oliy davlat vakillik, qonun chiqaruvchi organi. Dastlab bir palatali parlament sifatida 
tashkil etilgan va fuqarolarning umumiy, teng, to‗g‗ridan-to‗g‗ri saylov huquqi asosida 


341 
shakllantirilgan. I chaqiriq Oliy Majlis ko‗ppartiyaviylik asosida 1994-yildan beri 5 
marotaba saylovlar bo‗lib o‗tdi. Bir palatali parlament 250 deputatdan iborat bo‗lib, u 
ishlagan davrda 10 ta kodeks, ikkita milliy dastur, 240 ta qonun, 468 ta qaror qabul 
qilingan, qonun hujjatlariga 1573 ta qo‗shimcha va o‗zgartirishlar kiritilgan. Bu yillarda 
parlament, o‗z konstitutsiyaviy vakolatlariga asoslanib, demokratik jamiyatning huquqiy 
asoslarini shakllantirish, bozor iqtisodiyoti prinsiplarini rivojlantirish bo‗yicha muayyan 
ishlarni amalga oshirdi. Qonunchilik, davlat boshqaruvi, o‗tish davri muammolarini 
echishda muayyan tajribaga ega bo‗ldi. 2002-yil 27-yanvarda o‗tkazilgan referendumda 
ikki palatali parlamentni tuzish masalasi O‗zbekiston xalqi tomonidan qo‗llab-
quvvatlandi. O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi faoliyatining huquqiy asosini 
O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ―Referendum yakunlari hamda davlat 
hokimiyatini tashkil etishning asosiy prinsiplari to‗g‗risida‖ (2002-yil 4-aprel), 
―O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‗g‗risida‖ (2002-yil 
12-dekabr), ―O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‗g‗risida‖ (2002-yil 12-
dekabr)gi Konstitutsiyaviy qonunlar, ―O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Qonunchilik palatasining Reglamenti to‗g‗risida‖ (2003-yil 29-avgust), ―O‗zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‗g‗risida‖ (2003-yil 29-avgust) kabi 
qonunlar tashkil etadi. O‗zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi hududiy, bir 
mandatli saylov okruglari bo‗yicha ko‗p partiyalilik asosida saylanadigan 150 (shundan, 
15 deputatlik o‗rni O‗zbekiston Ekologik harakati tomonidan shakllantiriladi.) 
deputatdan iborat. Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy, teng va to‗g‗ridan to‗g‗ri 
saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‗li bilan saylanadi. O‗zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi bo‗lib, Senat a‘zolari 
(senatorlar)dan tarkib topadi. Senat a‘zolari Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va 
Toshkent shahridan teng miqdorda - 6 kishidan saylanadi. Senatga saylov 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Jo‗qorg‗i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar 
davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‗shma majlislarida mazqur 
deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo‗li bilan o‗tkaziladi. Senatning 16 nafar a'zosi 
fan, san‘at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining 
boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‗lgan hamda alohida xizmat qo‗rsatgan 
eng obro‗li fuqarolar orasidan O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 
tayinlanadi. Har ikkala palataning vakolat muddati – 5 yil. O‗zbekiston parlamenti keng, 
ko‗p qirrali vakolatlarga ega. U hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud 
hokimiyatiga bo‗linish prinsipiga asoslanib, davlatning boshqa idoralari bilan hamkorlik 
qilib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Qonunchilik, davlat 
boshqaruvining muhim masalalarini ko‗rib chiqishda va hal etishda ishtirok etadi, davlat 
budjetini tasdiqlaydi, parlament nazoratini amalga oshiradi hamda qator davlat 
organlarini shakllantirishda qatnashadi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   439   440   441   442   443   444   445   446   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin