338
Ulardan ba‘zilari eskining yemirilishi va yangining qaror topishi asosida hal qilib borilsa,
boshqalari shu Z.ni tashkil qilgan qarama qarshi tomonlarni o‗zaro kelishtirish, murosayu
madoraga
keltirish, hamjihatlik va hamkorlikka erishish yo‗li bilan bartaraf etilishi
mumkin. Keyingi vaqtda jamiyatdagi Z.larni hal qilishda qo‗llanilayotgan
samarali
usullardan biri konsensus (o‗zaro kelishuv)dir. Ilgari Z.larni hal qilishning bu usuliga
etarli e‘tibor berilmagan. Yangicha tafakkurning qaror topishi bilan jamiyatdagi Z.larni
hal qilishda Gegel qayd qilib o‗tgan konsensus usulidan foydalanish maqsadga muvofiq
bo‗lib chiqdi. Uzoq yillar davomida bir biriga qarama qarshi bo‗lib
kelgan davlatlar,
jamiyatdagi qarama qarshi tomonlar, kuchlar,
ijtimoiy guruhlar, harakatlar va partiyalar
o‗rtasidagi Z.larni jamiyatning umumiy manfaatlaridan
kelib chiqib hal qilishda
konsensus usuli juda qo‗l kelmoqda. Z.larni bartaraf etishdagi bu usul jahon xalqlarining
milliy totuvlikka, o‗zaro
hamkorlikka va birdamlikka, barqarorlikka erishishida muhim
ahamiyatga ega bo‗lmoqda.
ZIDDIYAT QONUNI
— ikki qarama qarshi fikr
ayni bir vaqtda va ayni bir
nisbatda to‗g‗ri bo‗lishi mumkin emasligini ko‗rsatuvchi qonun. Z.q.ning buzilishi
tafakkurda chalkashliklarga va noto‗g‗ri xulosalarga olib keladi.