Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan


O„ZBEKISTON RESPUBLIKASINING OLIY XO„JALIK SUDI



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə448/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   444   445   446   447   448   449   450   451   ...   462
LUG\'AT

O„ZBEKISTON RESPUBLIKASINING OLIY XO„JALIK SUDI
— 
O‗zbekistonda xo‗jalik sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi. 
Xo‗jalik sudining vakolatlari O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 111-moddasi 
va ―Sudlar to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasining qonuni (yangi tahriri, 2000-yil 
14-dekabr)da belgilab berilgan. Bunga ko‗ra mazkur sud Qoraqalpog‗iston Respublikasi 
xo‗jalik sudining, viloyatlar va Toshkent shahri xo‗jalik sudlarining sudlov faoliyati 
ustidan nazorat olib borish huquqiga ega. Oliy xo‗jalik sudi ishlarni birinchi instantsiya 
sudi sifatida, kassasiya tartibida va nazorat tartibida ko‗radi; O‗.R.O.x.s. Plenumining 
tushuntirishlari xo‗jalik sudlari tomonidan bajarilishini nazorat qiladi, quyi xo‗jalik 
sudlari faoliyatini tekshiradi, ularning ish tajribasini umumlashtiradi va ommalashtiradi. 
O‗.R.O.x.s. rais, uning birinchi o‗rinbosari, o‗rinbosarlar, sudlov hay‘atlarining raislari, 
Oliy xo‗jalik sudi sudyalaridan iborat bo‗lib, quyidagi tartibda ish olib boradi: 


345 
O‗.R.O.x.s.ning Plenumi; O‗.R.O.x.s.ning Rayosati; fuqarolik huquqiy munosabatlaridan 
kelib chiqadigan nizolarni hal etish bo‗yicha sudlov hay‘ati; ma‘muriy huquqiy 
munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni hal etish bo‗yicha sudlov hay'ati. O‗.R.O.x.s. 
Plenumi bir yilda kamida ikki marta chaqiriladi, Rayosatining majlislari har oyda kamida 
bir marta o‗tkaziladi. O‗.R.O.x.s. sudyalarining maqomi, ularni saylash va tayinlash 
tartibi qonunda ko‗rsatib o‗tilgan. 
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASINING PREZIDENTI
— O‗zbekiston 
Respublikasida davlat boshlig‗i. O‗zbekistonda prezidentlik lavozim sifatida 1990-yil 24 
martda ta‘sis etilgan. O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga 
binoan, O‗.R.P. lavozimiga 35 yoshdan kichik bo‗lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, 
bevosita saylovgacha kamida 10 yil O‗zbekiston hududida muqim yashayotgan 
O‗zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. O‗.R.P. 5 yil muddatga saylanadi. 
Prezident fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‗zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafili; O‗zbekiston Respublikasining 
suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish, milliy davlat tuzilishi 
masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‗radi; 
mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda O‗zbekiston Respublikasi nomidan ish 
ko‗radi. O‗.R.P. O‗zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‗mondoni 
hisoblanadi. Qurolli Kuchlarning oliy qo‗mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod 
qiladi, oliy harbiy unvonlar beradi. O‗zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatini 
tuzadi. Favqulodda vaziyatlar (real, tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, 
tabiiy ofat, epidemiyalar) yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini ta‘minlashni 
ko‗zlab, mamlakatning butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy 
etadi va qabul qilgan qarorini 3 kun ichida O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
palatalari tasdig‗iga kiritadi. O‗.R.P.ning vakolatlari jumlasiga fuqarolik, siyosiy 
boshpana berish, O‗zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlash, afv 
etish to‗g‗risidagi hujjatlarni qabul qilish va gunohidan kechishni amalga oshirish kabi 
masalalarni hal etish kiritilgan. O‗.R.P. Konstitutsiya va qonunlarga asoslanib hamda 
ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo‗lgan 
farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Davlat boshlig‗i sifatida O‗.R.P. davlat 
hokimiyati organlari tizimida muvofiqlashtiruvchi vazifani bajaradi. O‗.R.P.ning ijro 
etuvchi hokimiyat organlariga nisbatan vakolatlari avvalo uning O‗zbekiston Hukumatini 
tuzishdagi ishtirokida ko‗rinadi. O‗.R.P. O‗zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 
taqdimiga binoan, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a‘zolarini tasdiqlaydi 
va lavozimlaridan ozod qiladi; viloyat hokimlarini hamda Toshkent shahri hokimini 
tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, keyinchalik bu masalalarni tegishli xalq deputatlari 
Kengashlarining tasdig‗iga kiritadi. O‗.R.P.ning shaxsi daxlsizdir va ―O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari to‗g‗risida‖gi qonun (2003-yil 25-
aprel) bilan muhofaza etiladi. O‗.R.P. betobligi sababli o‗z vazifasini bajara olmasligi 
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qo‗shma qaroriga ko‗ra tuzilgan 
davlat tibbiy komissiya xulosasi bilan tasdiqlangan taqdirda O‗zbekiston Respublikasi 
Oly Majlisi Senati raisi 3 oy muddatga O‗.R.P. vazifasini vaqtincha bajarib turadi. Bu 
holda 3 oy muddat ichida O‗.R.P.ning umumxalq saylovi o‗tkazilishi shart. O‗.R.P. ning 
davlat qurilishi sohasidagi tajribasidan unumli foydalanish maqsadida vakolati tugashi 


346 
munosabati bilan iste'foga chiqqan Prezident umrbod Senat a'zosi lavozimini egallashi 
ko‗zda tutilgan.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   444   445   446   447   448   449   450   451   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin