O„ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SUD HOKIMIYATI
— O‗zbekistonda
davlat hokimiyatining alohida mustaqil (qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar
bilan bir qatordagi) tarmog‗i. Uning zimmasiga davlat idoralari, fuqarolarning turli-
tuman uyushmalari va alohida shaxslar o‗rtasidagi munosabatlarning huquq (qonun)
doirasida kechishini va hal etilishini ta'minlash vazifasi yuklatilgan. Sud hokimiyatiga
xos xususiyatlar sudlovning davlat nomidan, maxsus tartibda tashkil etilgan (saylangan
yoki tayinlangan) muassasalar tomonidan amalga oshirilishi, sudlarning o‗z faoliyatida
faqat qonunga bo‗ysunishi hamda fuqarolik, ma‘muriy, jinoiy va boshqalar ishlarni
qonunda belgilangan protsessual tartibda hal etishi, sudlar boshqa hokimiyat
tarmoqlaridan mustaqil faoliyat yuritishi, sudning tanholigi (ya‘ni davlatning boshqa
hech qaysi idorasi sudlov funksiyalarini o‗z zimmasiga ololmasligi), sud hokimiyatining
to‗laqonli va qat'iyligi (sud hokimiyati chiqargan hujjatlar, hukm va qarori barcha davlat
organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar
va fuqarolar uchun majburiyligi)da namoyon bo‗ladi. Mamlakatimizdagi sud
hokimiyatining huquqiy maqomi, tuzilishi O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
va ―Sudlar to‗g‗risida‖gi qonuni (2000-yil 14-dekabr)da belgilab berilgan.
347
G„
G„ALAYON
— norozilik bildirib ko‗tarilgan isyon.
G„AZOVOT
— din uchun kurash. Islom dinida diniy ekstremistik oqimlar
tomonidan asosiy maqsad qilib olingan g‗ayridinlarga qarshi muqaddaslashtirilgan urush.
G„OYA
— inson tafakkurida vujudga keladigan, jamiyat va olamlarni maqsad sari
yetaklayligan fikr. Unda olamni bilish va amaliy o‗zgartirish maksadlari, ularga erishish
yo‗llari va vositalari mujassam bo‗ladi. Forobiy ―fozil jamiyat‖, Navoiy ―adolatli
jamiyat‖ G‗.larini ilgari surganlar. XVII-XVIII asrlarda G‗. tushunchasi bilish nazariyasi
bilan bog‗lab izohlangan. Shu asosda G‗.larning kelib chiqishi, bilishning turli darajalari.
shakllari bilan aloqasi, umuman bilish jarayonida tutgan o‗rni masalalari tahlil qilingan.
Yangi davrda Kant G‗.larni aql tushunchalari sifatida asoslashga harakat qilgan. Fixte
fikricha, G‗. ―men‖ning maqsadidan iborat. Gegel falsafasida G‗. taraqqiyot jarayonini
o‗zida to‗la gavdalantiradigan mohiyat sifatida talqin etilgan.
|