Zamonaviy dunyoda hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi prinsipi demokratik huquqiy davlatning eng muhim belgilaridan biri hisoblanadi



Yüklə 9,76 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü9,76 Kb.
#37955
Shaxnoza mustaqil ish


Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga boʻlinishi prinsipiga asoslanishi belgilab qoʻyilgan.

Zamonaviy dunyoda hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi prinsipi demokratik huquqiy davlatning eng muhim belgilaridan biri hisoblanadi. Bunday prinsip muayyan davlatda biror organning yoki alohida davlat rahbarining kuchli diktaturasi oʻrnatilishining oldini oladi, davlat organlarining vakolatlari, vazifalari aniq boʻlishini taʼminlaydi, bir organning ikkinchi organ ishlariga aralashuviga barham beradi, boshqarish sohasida chalkashliklar kelib chiqishiga yoʻl qoʻymaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga boʻlinishi prinsipiga asoslanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali (yuqori – Senat, quyi – Qonunchilik palatasi) Oliy Majlis tomonidan, ijro hokimiyati Vazirlar Mahkamasi tomonidan, sud hokimiyati esa faoliyat yoʻnalishiga qarab Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud tomonidan amalga oshiriladi.

Konstitutsiyamizda shu uchala hokimiyat organlarining tashkil etilishi, vazifalari, vakolatlari belgilab qoʻyilgan. Shu bilan birga, ularning oʻzaro faoliyati va oʻzaro munosabatlari haqida qoidalar ham oʻrnatilgan.

Har qanday jamiyatda boʻlayotgan islohotlar bir nuqtada qotib qolmaganidek, Oʻzbekiston taraqqiyoti jarayonida ham aynan shu yoʻnalishdagi islohotlar bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda.

Xususan, 2007-yilda Konstitutsiyamizdan mamlakat Prezidenti bir vaqtning oʻzida ijro etuvchi hokimiyatning boshligʻi ekanini belgilovchi norma chiqarildi. Bu bilan hokimiyat boʻlinishi prinsipining yana-da rivojlanishi, uchala hokimiyat tuzilmalarining biri-biridan xoli, mustaqil, ayni paytning oʻzida hamjihat faoliyat yuritishiga zamin yaratdi.

Bosh vazirga hukumatga rahbarlik qilishning oʻtishi, uning huquqi kengaytirilganligi, shu jumladan, hukumat aʼzolarining uning tavsiyasi bilan shakllantirilishi uning Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etishdagi va unga rahbarlik qilishdagi masʼuliyati va javobgarligini oshirdi. Bu islohotlar hukumatning mamlakat iqtisodiyotiga, ijtimoiy va maʼnaviy sohadagi faoliyatiga samarali rahbarlikni amalga oshirishiga imkoniyat yaratdi va hukumatning tom maʼnoda amalda mustaqil boʻlishini taʼminladi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovlarda eng koʻp deputatlik oʻrnini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng koʻp deputatlik oʻrinlarini qoʻlga kiritgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan taklif etilishining belgilanishi Oʻzbekistonda demokratik davlat qurish va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonlarida siyosiy partiyalarning roli va taʼsirini kuchaytirish masalasiga katta ahamiyat berilganligidan dalolatdir.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati birgalikda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va muhokama qilish vakolatlariga ega boʻldi. Bu qoida ijro etuvchi hokimiyat faoliyati ustidan kuchli parlament nazoratini amalga oshirish mexanizmini yaratdi.

Mamlakatimizda parlament tomonidan Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish huquqi ham joriy etildi. Parlamentning hukumat faoliyatini qoʻllab-quvvatlamaslik shu tartibda ifoda etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masalaning kiritilishini belgilovchi normaning ahamiyati va salmogʻi ham davlat mexanizmida benihoya kattadir. Chunki, bu orqali hukumat va parlament munosabatlarida barqarorlikni taʼminlash nazarda tutildi.

Soʻnggi yillarda fuqarolarning jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi rolini kuchaytirish, hokimiyatlar boʻlinishi konstitutsiyaviy prinsipini hayotga izchil tatbiq etish, markazda va joylarda qonun chiqaruvchi va vakillik hokimiyatining vakolatlari hamda nazorat vazifalarining rolini kuchaytirish bu yoʻnalishdagi islohotlarni yana-da yuqori bosqichga koʻtardi.

Bundan tashqari, Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli yilga moʻljallangan Davlat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi hisobotini Oliy Majlis palatalarida koʻrib chiqish instituti qonunchiligimizda mustahkamlandi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin kiritilgan taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanishi va lavozimidan ozod qilinishi belgilandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzosining lavozimiga nomzod uning nomzodi Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilayotganda va maʼqullanayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining harakatlar dasturi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan, istiqbolga moʻljallanganmaqsadli koʻrsatkichlar va vazifalarga erishish borasidagi huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi harakatlar rejasini taqdim etishi nazarda tutildi.

Bu islohotlar Konstitutsiya va milliy qonunchiligimiz negiziga qurilgan milliy davlatchiligimizning barqarorligi taʼminlab, uning xalq irodasi va manfaatlari asosida qurilgan poydevori yana-da mustahkamladi. Shuningdek, davlat boshqaruvining yana-da samarali modeli tatbiq etilishiga yangi huquqiy zamin yaratilishi xalq farovonligi yuksalishi hamda yurtimizning xalqaro maydondagi nufuzini ortishiga ham xizmat qildi.



Shunday qilib, Konstitutsiyaning mohiyati, xususiyatlari va salohiyatini oʻrganish hamisha davom etaveradi. Zero, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hali qanchadan-qancha bunyodkorlik harakatlarining, ezgu maqsadlarga yoʻnaltirilgan demokratik islohotlarning hamda kuli fuqarolik jamiyati qurilishining huquqiy poydevori boʻlib xizmat qilishiga ishonchimiz komil.
Yüklə 9,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin