Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan


O„ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYAVIY SUDI



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə446/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   442   443   444   445   446   447   448   449   ...   462
LUG\'AT

O„ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYAVIY SUDI
— 
konstitutsiyaviy nazorat olib boruvchi oliy sud organi. O‗z faoliyatini qonun asosida 
mustaqil amalga oshiradi. Konstitutsiyaviy sudning vakolati, uning tuzilishi va faoliyati 
tartibi O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 108, 109-moddalari va ―O‗zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‗g‗risida‖gi qonun (1995-yil 30-agust) bilan 
belgilangan. Konstitutsiyaviy sudning vakolatiga qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi 
hokimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko‗rish 
kiradi. O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, jumladan, quyidagi 
vakolatlarga ega: qonunlarning va O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari 
qarorlarining, O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining, hukumatning va 
mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, O‗zbekiston Respublikasining 
davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining O‗zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi; Qoraqalpog‗iston Respublikasi Konstitutsiyasi 
O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‗iston Respublikasi 
qonunlari O‗zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi to‗g‗risida xulosa 
beradi; O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharh 
beradi; O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan vakolat 
doirasida boshqa ishlarni ham ko‗rib chiqadi. Konstitutsiyaviy sud siyosat va huquq 
sohasidagi mutaxassislar orasidan Konstitutsiyaviy sud raisi, rais o‗rinbosari va 
sudyalaridan, shu jumladan, Qoraqalpog‗iston Respublikasining vakilidan iborat tarkibda 
5 yil muddatga saylanadi. Konstitutsiyaviy sudning har bir sudyasi yakka tartibda 
saylanadi. Konstitutsiyaviy sud doimiy ishlaydigan organ, uning majlislari zaruratga 
qarab o‗tkaziladi va qoida tarzida ochiq bo‗ladi. Konstitutsiyaviy sudning faoliyat 


344 
ko‗rsatishini ta‘minlash uchun uning devoni tuziladi. Konstitutsiyaviy sudning raisi va 
a'zolari deputat bo‗la olmaydilar, siyosiy partiyalar va harakatlarning a'zosi bo‗lishlari va 
boshqa haq to‗lanadigan lavozimni egallashlari mumkin emas. Konstitutsiyaviy sud 
sudyalari daxlsizlik huquqidan foydalanadilar. Konstitutsiyaviy sudning qarorlari 
matbuotda e‘lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi. Ular qat‘iy va ular ustidan 
shikoyat qilish mumkin emas. 1998-yildan boshlab O‗zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyaviy sudining Axborotnomasi nashr etiladi.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   442   443   444   445   446   447   448   449   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin