Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan


O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə445/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   441   442   443   444   445   446   447   448   ...   462
LUG\'AT

O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI
— O‗zbekiston 
Respublikasi milliy manfaatlarini, suvereniteti, hududiy yaxlitligini hamda aholining 
tinch hayotini himoya qilish, urushlar va qurolli mojarolarni qaytarish va oldini olish 
uchun davlat tomonidan tashkil etilgan va saqlab turilgan harbiy birlashmalar, 
qo‗shilmalar va qismlar. O‗zbekiston Respublikasida Mudofaa vazirligi tizimidagi qism 
va bo‗linmalar, Ichki ishlar vazirligining ichki va qorovul qo‗shinlari, Favqulodda 
vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiylashtirilgan qismlari, Chegara 
qo‗shinlaridan tashkil topgan. O‗zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 31-
agustdagi ―O‗zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‗g‗risida‖gi Bayonotida 
davlat mustaqilligini, hududiy yaxlitligini, fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquqi va 
erkinligini himoya qilish maqsadida 1991-yil 31-agustda qabul qilingan ―O‗zbekiston 
Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to‗g‗risida‖gi qonunda ―O‗zbekiston 
Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish, Milliy gvardiya va muqobil xizmatni 
tashkil etish huquqiga ega‖ deb huquqiy jihatdan mustahkamlandi. 1992-yil 24-martda 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‗zbekiston Respublikasi hududida joylashgan 
Chegara qo‗shinlari bo‗linmalari haqida‖gi farmoni bilan Respublika Milliy Xavfsizlik 
Xizmati qoshida Chegara qo‗shinlari boshqarmasi tashkil etildi. 


343 
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASI
— O‗zbekiston 
Respublikasining asosiy qonuni, oliy yuridik kuchga ega bo‗lgan siyosiy-huquqiy hujjat. 
1992-yil 8-dekabrda 12-chaqiriq O‗zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-
sessiyasida qabul qilingan. ―O‗zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi 
to‗g‗risida‖gi Konstitutsiyaviy qonun (1991-yil 31-agust) ushbu Konstitutsiya uchun asos 
bo‗lib xizmat qilgan. O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muqaddima, 6 
bo‗lim, 26 bob, 128 moddadan iborat. Muqaddimada Konstitutsiya qabul qilish sabablari 
va mamlakatimiz oldiga qo‗yilgan vazifalar belgilangan. 1-bo‗limda O‗zbekiston 
Respublikasining mustaqil davlat sifatidagi asosiy konstitutsiyaviy prinsiplari 
ko‗rsatilgan. 2-bo‗lim ―Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari‖ 
deb atalgan. 3-bo‗limi ―Jamiyat va shaxs‖ deb ataladi. Konstitutsiyaning 4-bo‗limi 
O‗zbekiston Respublikasining ma‘muriyhududiy tuzilishiga bag‗ishlangan. 5-bo‗lim 
davlat hokimiyatining tashkil etilishi haqida bo‗lib, unda hokimiyat vakolatlarini 
taqsimlash prinsipi o‗z ifodasini topgan. Konstitutsiyaga o‗zgartirish kiritish tartibi 
so‗nggi 6-bo‗limda berilgan. O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul 
qilinganligini nishonlash maqsadida Konstitutsiya qabul qilingan kun – 8-dekabr 
umumxalq bayrami - O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni deb e'lon qilindi 
(O‗zbekiston Respublikasi qonuni, 1992-yil 8-dekabr). 2001-yil 4-yanvarda O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidentining ―O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‗rganishni 
tashkil etish to‗g‗risida‖ farmoyishi chiqdi. Farmoyish asosida barcha ta'lim turlarida 
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‗rganish yo‗lga qo‗yilgan. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   441   442   443   444   445   446   447   448   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin