Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə438/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   434   435   436   437   438   439   440   441   ...   462
LUG\'AT

YUNOKRATIYA
(lot. 
junior
– yoshi kichik, yosh, kenja) — yoshlar hokimiyati va 
ularning jamiyatdagi yetakchi kuchga aylanishi, hukmronligi. 
YURISDIKTSIYA
(lot. sud, sud ishini yuritish) — sud yoki ma‘muriy organning 
muayyan faktlarga huquqiy baho berish, shu jumladan, nizolarni hal qilish va qonunda 
ko‗zda tutilgan sanksiyalarni qo‗llash bo‗yicha vakolatlari doirasi. 
YURT
— o‗rta asr sharq manbalarida mulk, turar joy, mamlakat, vatan, yer 
ma‘nosida qo‗llaniladigan atama. XIV asrning 2-yarmigacha ―Yu.‖ atamasi, odatda, 


336 
turkiy qabilalar ko‗chib yuradigan hudud ma‘nosida qo‗llanilgan. XIV asr oxiri – XV asr 
boshlarida Yu. deb xon qarorgohidagi zodagonning joyi yoki zodagon yoxud xonning 
qarorgohi joylashgan yerga aytilgan. Tarixchilar Rashiduddin va Vassofning asarlarida 
Yu. nafaqat ulus hududini balki qo‗shinning umumiy safida askarlar o‗rni, qarorgoh 
(o‗rdu) joylashgan yer, qarorgohdagi chodir o‗rnatilgan joyni ham anglatgan. So‗nggi 
davr manbalarida ―Yu.‖ atamasining uy, turar joy, manzilni anglatuvchi ahamiyati 
kuchaygan. Rus manbalarida Yu. Mo‗g‗ullar davlati va Oltin O‗rda parchalangandan 
so‗ng vujudga kelgan davlatlar hududini bildirgan (Sibir Yu.i, Qrim Yu.i va boshqalar). 
YURTCHI
— harbiy safarlar chog‗ida qo‗shinning to‗xtashi va joylashishi uchun 
qulay o‗rin izlab topuvchi, harbiy qism va bo‗linmalarning lashkargohda tartib va intizom 
bilan joylashuvini ta'minlovchi mutasaddi. Yu.dan lashkargohning tekis, keng va 
qismlarni joylashtirishga qulay, ichimlik suv manbaiga yaqin bo‗lishi talab qilingan. 
Lashkargoh atrofi bir-biriga zanjir yoki arqon bilan mahkam bog‗langan aravachalar 
yordamida to‗silgan, shox-shabbalar bilan o‗ralgan, girdiga chetan o‗rnatilgan xandaqlar 
bilan ihotalangan. Amir Temur qo‗shini ketidan qassob, bakovul, qovurilgan va 
pishirilgan go‗sht bilan savdo qiluvchi, arpa va turli meva sotuvchi, novvoy, etikdo‗z, 
taqachi, egarchi va boshqalar peshma-pesh ko‗chib yurgan. Ularning lashkargohdagi 
faoliyati aynan Yu. tomonidan nazoratga olingan. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   434   435   436   437   438   439   440   441   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin