Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə390/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   386   387   388   389   390   391   392   393   ...   462
LUG\'AT

UNITAR DAVLAT 
(lot. 
unitas 
- yagona)
 
— davlat birliklariga markazlashgan 
boshqaruvning mavjudligi va tarkibida mustaqil davlatlarning yo‗qligi bilan 
belgilanuvchi davlat tuzilishining oddiy ko‗rinishi bo‗lib, u davlat shakllaridan biri 
hisoblanadi. Bunda davlat hududi tarkibida, federatsiyadan farqli ravishda, federativ 
birliklar (shtatlar, yerlar) bo‗lmaydi, balki u ma‘muriy-hududiy birliklar (tumanlar, 
viloyatlar, kantonlar va x.k.)ga bo‗lingan bo‗ladi. Mazkur mustaqil qismlar davlat 
suverenitet alomatlariga ega emas. Bunday davlatda oliy organlarning yagona tizimi 
hamda yagona qonunchilik (Konstitutsiya, fuqarolik, oliy davlat hokimiyati) bo‗ladi. 
Barcha U.d.larga xos bo‗lgan markazlashtirish turli shakllarda va turli darajada namoyon 
bo‗lishi mumkin. Ba‘zi mamlakatlarda mahalliy organlar umuman bo‗lmaydi va 
ma‘muriy-hududiy bo‗linmalar markaziy hokimiyat vakillari tomonidan boshqariladi. 
Boshqa davlatlarda mahalliy organlar tashkil etiladiyu, lekin ular (bevosita yoki 
bilvosita) markaziy hokimiyat nazorati ostida bo‗ladi. Markaziy hokimiyat mahalliy 
organlar ustidan nazoratning qanday turini amalga oshirishiga qarab, U.d.lar 
markazlashgan va markazlashmaganga bo‗linadi. Markazlashgan U.d.da mahalliy 
organlarning markazga bo‗ysunishi markazdan tayinlanadigan mansabdor shaxslar orqali 
amalga oshiriladi. Markazlashmagan U.d.da mahalliy organlar markaziy organlardan 
mustaqil ravishda shakllantiriladi, shuning uchun ular o‗rtasidagi huquqiy munosabatlar 
markazlashmagan asoslarda o‗rnatiladi. U.d.da hudud, konstitutsiya, fuqarolik, oliy 


295 
davlat hokimiyati yagona bo‗ladi. Bir butunni tashkil qiluvchi qismlari davlat maqomiga 
ega bo‗lmaydi. Unitar davlat ma‘muriy – hududiy birliklarining chegaralari markaziy 
organlar tomonidan qabul qilingan qonunlar asosida o‗zgartiriladi. U.d. tarkibida davlat 
belgilari mavjud milliy hududiy tuzilmalar ham bo‗lishi mumkin, mas., muxtor viloyat, 
muxtor respublika. O‗zbekiston — U.d. uning tarkibida davlat tuzilishiga xos belgilari 
mavjud bo‗lgan Qoraqalpog‗iston Respublikasi bor. Umuman, unitar davlat yagona 
konstitutsiyaga, yagona oliy qonunchilik va oliy idora organiga ega markazlashgan 
davlatdir. Unitar davlatlarga Xitoy, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Finlandiya, Ukraina, 
Qozog‗iston, Turkmaniston, Qirg‗iston, Fransiya, Italiya kabi mamlakatlar kiradi. Unitar 
davlatda bitta parlament, bitta hukumat, bitta prezident bo‗ladi, davlat odatda bir millatli 
bo‗ladi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   386   387   388   389   390   391   392   393   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin