TRANSCHEGARAVIY DARYOLAR — ma‘lum bir daryoning bir necha davlat
hududdidan oqib o‗tishi va undan davlatlarning foydalanishi, egalik qilishi bilan bog‗liq
tushuncha. BMTning ―Transchegariviy daryolardan foydalanish to‗g‗risida‖gi
konvensiyasiga muvofiq, bunday daryolar tizimida joylashgan mamlakatlar o‗zaro
kelishgan holda, oqilona foydalanishi maqsadga muvofiqdir.
TRANSFORMATSIYA (lot.
transformation – o‗zgarish, aylanish) — totalitar
siyosiy tizimlarning demokratik siyosiy tizimlarga o‗zgarishi jarayoni. Siyosiy o‗zgarish
yoki modernizatsiya jarayoni natijasida bir holatda ikkinchisiga o‗tish.Siyosiy
tizimlarning yangi boshqaruv tabiatidagi tizimga o‗zgartirilishi, boshqaruv tizimiga
yangicha demokratik ruhdagi unsurlarning kiritilishi.
TRANSMILLIY KORPORATSIYA (TMK) — xorijiy aktivlarga ega bo‗lgan,
operatsiyalarining kamida 1/4 qismini mamlakat tashqarisida, o‗zi ro‗yxatga olingan chet
mamlakatda amalga oshiradigan yirik korporatsiya. Tashkiliy jihatdan bosh kompaniya
asosiy kapitalining sho‗ba korxonalar kapitalida qatnashuvi tamoyiliga asoslanadi.
TRANSNATSIONALIZM — siyosatshunoslikdagi maktablardan biri. Uning
ijodkorlari (R.O.Kooxeyn, Dj.Nay, Dj.Rozenau) rivojlanish jaroyonining o‗zaro
bog‗liqligi, xalqaro davlatlarning integrasiyalashuvi, bir-biri bilan yaqinlashishi,
qo‗shilishi, kirishib ketish jaroyonlarini hozirgi tezlashib borayotgan bir paytda xalqaro
munosabatlarda davlatlar bilan bir qatorda turli tashkilot, korxona, individlar sonini
ko‗payib ketayotganligini qayd qilib o‗tadilar.
TRANZIT (lot. o‗tish) — avtoritar siyosiy tizimlardan demokratiyaga o‗tish.
Tranzit muqarrar ravishda demokratiyaga o‗tish bilan yakunlanishi shart emas. Bu ko‗p
shaklli murakkab jarayon. Unda liberallashuv va demokratlashuv bosqichlari ajratiladi.
TRANZITOLOGIYA (lot.
transitus - o‗tish) — XX asrning 80-90 yillarida
G‗arbda liberal demokratiya ta‘limoti negizida vujudga kelgan hamda alohida mamlakat
yoki bir guruh davlatlarning avtoritar holatdan demokratiyaga o‗tishning (tranzit
qilishini) nazoriy jihatdan asoslashga yo‗naltirilgan konsepsiya o‗tish davrlarini boshdan
kechirayotgan jamiyatlardagi umumiy va xususiy, qonuniy va tasodifiy jihatlarini tadqiq
qiladigan yaxlit ilmiy yo‗nalish.