Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə364/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   360   361   362   363   364   365   366   367   ...   462
LUG\'AT

SOLIQ ISLOHOTLARI 
— soliq nazariyasi va amaliyotini muvofiqlashtirish 
asosida soliq yukini kamaytirish, soliqqa tortishni soddalashtirish, soliq yordamida 
iqtisodiy rivojlanishni ta‘minlash maqsadlarida amalga oshiriladigan davlat tadbirlari. 
Iqtisodiyotni isloh qilishining muhim, ajralmas qismi. 
SOLIQLAR 
— davlat tomonidan amaldagi qonunlar asosida yuridik va jismoniy 
shaxs (alohida fuqaro va korxona)larning daromadi yoki mol-mulkidan undiriladigan va 
budjetgan o‗tkaziladigan majburiy to‗lov. S. davlat budjeti daromadlarining asosiy 
manbai va davlat iqtisodiy siyosati vositalaridan biri. 
SOLNOMA
— mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, madaniy, iqtisodiy hayotida ro‗y 
bergan muhim voqealar tadrijiy ravishda bayon etib borilgan yozma yodgorlik. S, odatda, 
tarixiy voqealarning bevosita ishtirokchisi tomonidan yozilgan. 
SOTSIAL ALMASHINUV 

 
politologiya, sotsiologiya, psixologiya, iqtisodda 
keng tarqalgan (P.Blau, J.Xomans, R.Emersonlar). Unga ijtimoiy munosabatlarning 
asosini turli sotsial ne‘matlar bilan almashinuv tashkil etadi. Uning asosida maqom, 
nufuz, hokimiyat singari tuzilmalar vujudga keladi. 1) Inson hulq-atvorida uni muayan 
―foyda‖ olishga da‘vat etuvchi oqillik ustun turadi; 2) ijtimoiy ta‘sirni odamlar o‗rtasida 
doimiy sotsial ―foyda‖ bilan almashinish jarayoni sifatida qaraydi. 
SOTSIAL SIYOSAT
— xalq farovonligini oshirish, ijtimoiy va milliy 
munosabatlarni takomillashtirish, turmush tarzini o‗stirish yo‗li bilan farovon, ozod va 
obod Vatan barqarorligini mafkuraviy, siyosiy-tashkiliy jihatdan ta‘minlashdir. U o‗zida 
ijtimoiy hayotning alohida bir sohasida bo‗ladigan o‗zgarishlarni aks ettiradi. Uning 
asosini davlat va siyosiy partiyalar, tashkilotlar va harakatlarning jamiyat a‘zolari 
turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan faoliyati tashkil etadi. S.s. ijtimoiy soha 
bilan uzviy bog‗liq. Sotsial sohaga esa sinflar, guruhlar va millatlar, shahar bilan qishloq 
munosabatlari, aqliy va jismoniy, intellektual mehnat, jamiyat bilan shaxs o‗rtasidagi 
munosabatlar kiradi.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   360   361   362   363   364   365   366   367   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin