Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə375/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   462
LUG\'AT

SUVERENITET 
(fr. 
souverainete
- oliy hokimiyat) — hokimiyatning ustunligi va 
mustaqilligi. S.ni hurmatlash — xalqaro huquq va xalqaro munosabatlarning asosiy 
prinsipi. U BMT Ustavi va b. xalqaro hujjatlarda mustahkamlab ko‗yilgan. 
Konstitutsiyaviy huquqda davlat S.i, millat S.i, xalq S.i tushunchalari ishlatiladi. Davlat 
S.i - hokimiyatning mamlakat ichida oliyligi va tashqi munosabatlarda to‗la mustaqilligi. 
Davlat S.i haqidagi g‗oya Jan Boden (XVI asr, Fransiya)ga tegishlidir. Uning fikricha, S. 
davlatning eng muhim belgisi hisoblanadi, bunda abadiy, mutlaq, bo‗linmas oliy 
hokimiyat nazarda tutiladi. Davlat S.i tushunchasi keyingi davrlarda yanada rivojlantirildi 
va boyitildi. O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida davlat S.i alohida bobda o‗z 
ifodasini topgan, Konstitutsiyaning 1-moddasida ―O‗zbekiston suveren demokratik 
respublika‖ ekanligi qayd qilingan. Millat S.i - millatning to‗la hokimiyatini, uning to‗la 
siyosiy erkinligini, o‗z milliy hayotini belgilash real imkoniyatiga egaligini, mustaqil 
davlatni tashkil qila olishgacha bo‗lgan huquqqa egaligini bildiradi. Xalq S.i - xalqning 
to‗la hokimiyatini anglatadi, ya‘ni xalq jamiyat va davlatni boshqarishda real ishtirok 
etish uchun ijtimoiy -iqtisodiy va siyosiy vositalarga ega bo‗ladi. Xalq S.i - barcha 
demokratik davlatlarda konstitutsiyaviy tuzum prinsiplaridan biri hisoblanadi. 
SUYURG„OL
(mo‗g‗ulcha — in‘om, sovg‗a) — biror hukmdor (xon, sulton, 
shoh) tomonidan saltanat oldida alohida xizmat ko‗rsatgan arkoni davlat yoki
sarkardalarga berilgan molmulk, ersuv. Mo‗g‗ullar istilosidan so‗ng Movarounnahr, 
Dashti Qipchoq, Yaqin Sharq mamlakatlarida rasm bo‗lgan. S.ga beriladigan er
nasldan naslga meros bo‗lib o‗tgan. S. egasi davlatga to‗lanadigan soliklardan ozod
etilib, olgan daromadi va o‗ziga qaram aholidan ixtiyoricha foydalanish huquqiga
ega bo‗lgan. Amir Temur va Temuriylar saltanatida S. keng qo‗llanilgan.
Sohibqiron zabt etgan mamlakatlarning ba‘zi viloyat va tumanlarini shu erlarning 
oldingi egalariga, o‗z o‗g‗illari, nevaralari, qarindoshlari, atoqli lashkarboshilar, amir va 
beklarga S. tarzida bergan va ular «darbasta S.» deb yuritilgan. Amir Temur o‗zining eng 
iste‘dodli sarkardalaridan biri Amir Shohmalikka bir qancha erlarni S. qilib bergan. 
Shohrux davrida Shohmalik Xorazm viloyatiga darbasta S. etib tayinlangan. 
Shohmalik vafotidan keyin Xorazm uning o‗g‗li Ibrohim Sultonga topshirilgan. XVI-
a.dan boshlab S.ning avvalgi tartibida muayyan o‗zgarish yuz beradi. Shayboniylar va 
Ashtarxoniylar davrida ba‘zi qishloqlar, er maydonlari shu erlardan undiriladigan
solikdarning bir qismi ham S. tariqasida beriladigan bo‗lgan. XVIII-a. va XIX-a.ning 1-
yarmida S. mohiyati tubdan o‗zgarib, uning faqat merosiyligi saqlanib qolgan. 
SXEMATIK 
(yun. obraz, ko‗rinish) — eng umumiy, sodda tasavvur beruvchi. 


284 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin