SUB... (lot. tagida) — nimanidir tagida bo‗lishini yoki itoat, qaram, quyi mavqeni
egallashni anglatuvchi qo‗shimcha.
SUBYEKT (lot.
subjectus - amaliy faoliyat tashuvchisi) — faol faoliyat
ko‗rsatuvchi, biluvchi, ong va irodaga ega bo‗lgan individ yoki ijtimoiy guruh. S. bilan
ob‘ektning o‗zaro aloqadorligi asosida ijtimoiy-tarixiy amaliyot yotadi. S. hisoblangan
individ va uning ongi ham tadqiqot ob‘ekti bo‗lib kelishi mumkin. Individ S. sifatida
jamiyatning bir a‘zosi, tarixiy jarayonning bir vakili sifatida u mansub bo‗lgan jamiyat
a‘zolariga xos bilimlarga ega va shu nuqtai nazardan olamga qaraydi. Ob‘ektsiz
sub‘ektni, sub‘ektsiz ob‘ektni tasavvur etib bo‗lmaydi. Politologiyada alohida shaxs,
tashkilot, guruh, sub‘ekt bo‗lishi mumkin. Sub‘ekt bir qancha sifatlarga ega bo‗lishi
mumkin: iroda, mas‘ulyatni zimmasiga ola bilish, malakaviylik, resurslarga egalik,
avtoritet, intizom.
SUBYEKTIVIZM — voqelikni sub‘ektga qarab biladigan, ya‘ni ongni birlamchi
yaratilgan, boshqa hamma narsalar ongning shakli, mazmuni yoki uning ijodi mahsuli
hisoblanadi deb izohlovchi qarash. S. tushunchasini Dekart joriy qilgan. J.Berkli
idealizmi bunday S.ning eng keskin shakli hisoblanadi. S. ob‘ektiv qonuniyatlarga zid
bo‗lgan, bir tomonlamalik va ehtiroslar ustunlik qilgan, hato qarorlar va harakatlarni
anglatadi. Bunday faoliyat kasbiy tayyorgarlikka, zarur bilim va tajribaga ega bo‗lmagan
kishilar tomonidan sodir etiladi. ―Sub‘ektivlik‖ tushunchasi esa sub‘ektga ta‘rif berishni
bildiradi. Bu tushuncha real voqelikni hisobga oluvchi, uning qonuniyatlariga binoan
harakat qiluvchi inson faoliyatini anglatadi.
SUBMADANIYAT (lot.
sub - tagida) — biror ijtimoiy, siyosiy yoki demografik
guruh madaniyati.
SUBORDINATSIYA (lot.
subordination – taqsimlash, tartibga keltirish) — xizmat
intizomi qoidalariga tegishli holda martaba darajalari bo‗yicha kichik mansabdorlarning
katta mansabdorlarga bo‗ysunishiga qat‘iy amal qilish.
SUBSIDIYA (lot.
subsidium - yordam, nafaqa, qo‗llab-quvvatlash) — davlat
budjeti, maqalliy budjetlar mablag‗lari yoki maxsus fondlardan jismoniy va yuridik
shaxslarga, mahalliy organlarga, boshqa davlatlarga beriladigan pul mablag‗i yoki natura
shaklidagi yordam. S. davlat tomonidan qaytarib olmaslik sharti bilan ajratiladi. S.lar
iqtisodiyotni diversifikatsiyalash (tarkiban o‗zgartirish), eksport-importni muvozanatlab
turish, fan-texnika yangiliklarini o‗zlashtirishni yo‗lga qo‗yish, milliy sanoatni o‗stirish,
ayrim hududlarni rivojlantirish, konversiya va b. maqsadlarda ajratiladi. Jahon bozoridagi
narxni ushlab turish uchun bozorga qo‗shimcha tovarlarni chiqarmaslik zarur bo‗lganda
davlat o‗z tovarlarini zaxiraga o‗tkazib turgan firmalarga S. berib, tovarlarni saqlab turish
281
xarajatlarini qoplaydi. Davlatning iqtisodiy dasturlarida ishtirok etadigan korxonalar ham
S. oladi.