SUBSTANSIONAL (lot. mohiyat) — muhim, asosiy, mohiyatiga tegishli.
SUD (slavyancha
sud - ish) — odil sudlovni amalga oshiruvchi davlat organi;
muayyan davlatning qonunlariga asosan protsessual tartibda jinoiy, fuqarolik, ma‘muriy
va b. toifadagi ishlarni ko‗rib chiqadi va hal qiladi. Ayrim shaxslar o‗rtasida, ular bilan
davlat idoralari, korxona, muassasa, tashkilot ma‘muriyati, jamoat birlashmalari o‗rtasida
mulkiy va nomulkiy nizolarni, qonunbuzarliklarga doir ishlarni ko‗rib chiqib,
fuqarolarning huquq va erkinliklarini, korxona, muassasalar, tashkilot huquqlari va qonun
bilan qo‗riqlanadigan manfaatlarini himoya qiladi. S. boshqa davlat organlaridan, jamoat
birlashmalari va har qanday shaxsdan mustaqil va xolisona faoliyat yuritishi, barcha
ishlarni faqat qonunga bo‗ysunib ko‗rib chiqishi va hal etishi lozim. Mustaqilikka
erishilgandan so‗ng O‗zbekistonda huquqiy davlat barpo etishning tarkibiy vazifasi
sifatida sud-huquq islohoti o‗tkazilmoqda. S. hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro
etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil
ish yuritishi va S. faoliyatining boshqa asosiy prinsiplari O‗zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasida e‘tirof etildi (106-116 moddalar) yangi sud tizimi barpo qilindi, ―S. lar
to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasining qonuni (1993-yil 2-sentabr, yangi tahriri
2000-yil 14-dekabr) va bir qator qonunlar amalga kiritildi.
SUD HOKIMIYATI — davlat hokimiyatining bo‗linish prinsipiga asosan
hokimiyat tarmog‗i bo‗lib, u sud organlari orqali amalga oshiriladi, ular O‗zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Oliy xo‗jalik sudlari tizimidan tashkil
topadi. U o‗zida: a) odil sudlovni amalga oshirish vakolatlari, ya‘ni jinoiy, fuqarolik,
xo‗jalik, ma‘muriy va konstitutsiyaviy ish (nizo)larni protsessual, qonun bilan
belgilangan tartibda ko‗rib chiqish vakolatlari yig‗indisini, ba‘zi mamlakatlarda,
shuningdek, huquq normalarini izohlash vakolatlari ni, qonun ijodkorligi vakolatlari va b.
2 darajali vakolatlarni; b) yuqorida qayd etilgan vakolatlarni amalga oshiruvchi davlat
organlari tizimini mujassamlashtiradi. S.h. vakolatlari asosiy — odil sudlovni amalga
oshirish vakolatlari va yordamchi vakolatlarga bo‗linadi. Hozirgi zamon demokratik
davlatlarida S.h.ning asosiy vakolatlari turli toifadagi sudlar zimmasiga yuklanadi.
O‗zbekiston Respublikasida S.h. ijtimoiy adolat, fuqarolar tinchligi va totuvligi, qonun
ustuvorligini ta‘minlashga, inson huquqlari va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va
tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini muhofaza etishga qaratilgan.
Mamlakatimizda S.h.ning konstitutsiyaviyhuquqiy maqomi, tuzilishi va faoliyat
yuritishining qonuniy asosi O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va O‗zbekiston
Respublikasining ―Sudlar to‗g‗risida‖gi qonuni va b. qonun hujjatlari bilan belgilanadi.