Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə373/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   369   370   371   372   373   374   375   376   ...   462
LUG\'AT

SUD TIZIMI 
— muayyan davlatdagi barcha sudlarning yig‗indisi; ular umumiy 
vazifani bajaradi, odil sudlovni amalga oshirishga doir munosabatlar bilan o‗zaro 
bog‗langan bo‗ladi. S.t. bo‗g‗inlarining har qaysisi vakolatlari bir xilda bo‗lgan sudlardan 
tashkil topadi. O‗zbekiston Respublikasida sud tizimi quyidagi sudlardan tashkil topgan: 
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi; O‗zbekiston Respublikasi Oliy sudi; 
O‗zbekiston Respublikasi Oliy xo‗jalik sudi; Qoraqalpog‗iston Respublikasi fuqarolik va 
jinoyat ishlari bo‗yicha oliy sudlari; fuqarolik va jinoyat ishlari bo‗yicha viloyat va 
Toshkent shahar sudlari; fuqarolik ishlari bo‗yicha tuman (shahar) sudlari; jinoyat ishlari 


282 
bo‗yicha tuman (shahar) sudlari; qarbiy sudlar; Qoraqalpog‗iston Respublikasi xo‗jalik 
sudi; viloyat va Toshkent shahar xo‗jalik sudlari (O‗zbekiston Respublikasining ―Sudlar 
to‗g‗risida‖gi qonunining 1-moddasi). O‗zbekiston Respublikasida ishlarning toifalariga 
qarab sudlarning ixtisoslashuvi amalga oshirilishi mumkin. 
SUIQASD 
— keng ma‘noda - jinoyat sodir qilish bosqichlaridan biri; aybdorga 
bog‗liq bo‗lmagan sabablar bilan oxiriga yetkazilmagan, qasddan qilingan harakat. 
Aybdor o‗z maqsadini qanchalik amalga oshirganligiga qarab S. tugallangan va 
tugallanmagan S.ga bo‗linadi. Jinoyat sodir etishga S. qilganlik uchun jinoiy javobgarlik 
O‗zbekiston Respublikasi JK ning 25-moddasiga havola etilib, ushbu Kodeksning tamom 
bo‗lgan jinoyat uchun javobgarlikni belgilovchi moddasiga muvofiq hal qilinadi. Tor 
ma‘noda - biron kimsani yo‗q qilish, o‗ldirish uchun qilingan harakat tushuniladi (mas., 
podshohga S. qilish). Shuningdek, o‗z joniga S. qilish ma‘nosida ham keladi. S. islomda 
qattiq qoralanadi. Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisga ko‗ra, ikki musulmon bir- biriga 
qilich solsa, o‗lgan ham, o‗ldirgan ham qattiq gunohkor bo‗lishi, o‗ldirilgan odam S. 
qilgani tufayli gunohda qotil bilan barobar bo‗lishi ta‘kidlangan. 
SULH 
— 1) kelishuv, totuvlik, tinchlik; 2) urush harakatlarini to‗xtatish uchun 
tuzilgan bitim. Xalqaro shartnomalarning bir turi. Urushuvchi tomonlar o‗rtasidagi 
yarashuv. Tomonlarning kelishuvi bilan butun front bo‗ylab (umumiy S.) yoki uning 
ayrim qismida (mahalliy S.) harbiy harakatlar vaqtincha to‗xtatiladi. Umumiy S.dan 
keyin, odatda, sulh shartnomasi tuziladi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   369   370   371   372   373   374   375   376   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin