SOLIQ ISLOHOTLARI — soliq nazariyasi va amaliyotini muvofiqlashtirish
asosida soliq yukini kamaytirish, soliqqa tortishni soddalashtirish, soliq yordamida
iqtisodiy rivojlanishni ta‘minlash maqsadlarida amalga oshiriladigan davlat tadbirlari.
Iqtisodiyotni isloh qilishining muhim, ajralmas qismi.
SOLIQLAR — davlat tomonidan amaldagi qonunlar asosida yuridik va jismoniy
shaxs (alohida fuqaro va korxona)larning daromadi yoki mol-mulkidan undiriladigan va
budjetgan o‗tkaziladigan majburiy to‗lov. S. davlat budjeti daromadlarining asosiy
manbai va davlat iqtisodiy siyosati vositalaridan biri.
SOLNOMA — mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, madaniy, iqtisodiy hayotida ro‗y
bergan muhim voqealar tadrijiy ravishda bayon etib borilgan yozma yodgorlik. S, odatda,
tarixiy voqealarning bevosita ishtirokchisi tomonidan yozilgan.
SOTSIAL ALMASHINUV —
politologiya, sotsiologiya, psixologiya, iqtisodda
keng tarqalgan (P.Blau, J.Xomans, R.Emersonlar). Unga ijtimoiy munosabatlarning
asosini turli sotsial ne‘matlar bilan almashinuv tashkil etadi. Uning asosida maqom,
nufuz, hokimiyat singari tuzilmalar vujudga keladi. 1) Inson hulq-atvorida uni muayan
―foyda‖ olishga da‘vat etuvchi oqillik ustun turadi; 2) ijtimoiy ta‘sirni odamlar o‗rtasida
doimiy sotsial ―foyda‖ bilan almashinish jarayoni sifatida qaraydi.
SOTSIAL SIYOSAT — xalq farovonligini oshirish, ijtimoiy va milliy
munosabatlarni takomillashtirish, turmush tarzini o‗stirish yo‗li bilan farovon, ozod va
obod Vatan barqarorligini mafkuraviy, siyosiy-tashkiliy jihatdan ta‘minlashdir. U o‗zida
ijtimoiy hayotning alohida bir sohasida bo‗ladigan o‗zgarishlarni aks ettiradi. Uning
asosini davlat va siyosiy partiyalar, tashkilotlar va harakatlarning jamiyat a‘zolari
turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan faoliyati tashkil etadi. S.s. ijtimoiy soha
bilan uzviy bog‗liq. Sotsial sohaga esa sinflar, guruhlar va millatlar, shahar bilan qishloq
munosabatlari, aqliy va jismoniy, intellektual mehnat, jamiyat bilan shaxs o‗rtasidagi
munosabatlar kiradi.