Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan


SIYOSIY MUNOSABATLARNING SUBYEKTI



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə355/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   462
LUG\'AT

SIYOSIY MUNOSABATLARNING SUBYEKTI 

 
ongli va shunga ko‗ra 
anglangan, maqsadli faoliyatga qodir amaliy faoliyat egasi. Ya‘ni sub‘ekt belgilariga 
qo‗yidagilar kiradi: onglilik, shu jumladan o‗z-o‗zini anglaganlik, aniq maqsadga va uni 
amalga oshirish qobiliyatiga ega bo‗lish. Siyosatda sub‘ekt sifatida alohida individlar 
ham, turli guruhlar, tashkilotlar ham qaraladi.
SIYOSIY MUXOLIFAT 
(lot. qarshi qo‗yish) — 1) o‗z qarashlari, o‗z siyosatini 
boshqa qarashlar, boshqa siyosatga qarshi qo‗yish; 2) mavjud (hukmron) qarashlarga 
qarshi chiqqan odamlar guruhi, partiya.
SIYOSIY O„ZGARISH
— jamiyatni boshqarishda hokimiyat vakolatlari yoki 
ularni taqsimlashni amalga oshirishga daxldor bo‗lgan maqsadlar yoki jarayondir, 
tuzilmalarni qayta qurish hisobalanadi. S.o‗. almashib borayotgan ijtimoiy muhitning 
yangi talablariga nisbatan hokimiyat va boshqaruvning mavjud tizimini moslashtiradi 
yoki oldingi imkoniyatlarini yo‗qotgan muayyan tizimning yana o‗zining samarali amal 
qilish qobiliyatini qo‗lga kiritishga ko‗maklashadi. Uning asosiy turlari – siyosiy 
islohotlar, inqilob, restavratsiya, konstitutsiyani to‗liq yoki qisman ravishda qaytadan 
ko‗rib chiqish. 
SIYOSIY ONG

 
siyosiy borliqning sub‘ektiv in‘ikosidir. U jamiyatning alohida 
mustaqil - siyosiy sohasini aks ettiradi. Kishilar o‗z faoliyatida mavjud siyosiy voqelikni 
shunchaki ko‗rish bilan-qanoatlanib qolmaydilar. Kishilarning ana shu - siyosiy borliq, 
haqidagi bilimlari, qarashlari, tasavvurlari ularning siyosiy ongini tashkil etadi. S.o. - 
kishilarning siyosiy bilimlari, tasavvurlari, maslaklari, e‘tiqodlari, va o‗zlari yashab 
turgan siyosiy tuzumni baholashlarining yig‗indisidan iboratdir. S.o. tashqi ta‘sirga 
munosabatiga qarab ochiq va yopiq ong; ko‗zlangan maqsadning ro‗yobga chiqish 
ehtimollik darajasiga ko‗ra real va hayoliy; mavjud siyosiy tartibotga bo‗lgan 
munosabatiga qarab hukmron va muxolif ongga ajraladi. U ko‗zlangan maqsadga 
erishish usuliga ko‗ra islohotchi va inqilobiy; mazmuniga qarab faol va sust ong bo‗lishi 
ham mumkin. Siyosiy ong qo‗yidagi funksiyalarni bajaradi: 1. Bilish - axborot berish. 
Kishilar ertami yoki kechmi, xohlaydimi yoki yo‗qmi, ammo qat‘iy ravishda siyosat 
dunyosiga duch keladi. Ular bu soha bilan shug‗ullanishni xohlamasalar-da, siyosat ular 
bilan, baribir, ―shug‗ullanadi‖. U kishilarning hayotiga va taqdiriga davlat, partiyalar va 
boshqa jamoat tashkilotlari orqali ta‘sir ko‗rsatadi. Siyosat kishilarga siyosiy axborot 
ko‗rinishida ―kirib‖ boradi. 2. Baholash. Siyosiy ong ijtimoiy - siyosiy voqelikni nafaqat 
biladi, izohlaydi, balki uni baholaydi. Kishilar u yoki bu siyosiy hodisalar va voqealarni 
anglash jarayonida, ularga o‗z munosabatlarini bildiradilar, o‗zlari uchun muayyan 
xulosalarni chiqaradilar. Aynan siyosiy voqelikni baholash asosida kishilar o‗zlarining 
siyosiy qarashlarini, e‘tiqodlarini, pozitsiyalarini, qiziqishlarini shakllantiradilar. 3. 
Yo‗naltirish. Siyosiy ong o‗zining yo‗naltiruvchilik funksiyasi orqali kishilarning siyosiy 
xulq-atvorini belgilaydi, sotsial siyosiy manfaatlarni himoya qilishlari uchun ijtimoiy 
hayotda ishtirok etishlari, siyosiy partiyalarga, jamoat tashkilotlari va boshqa siyosiy 
uyushmalarga o‗zlarining ham fikrlari bilan birlashishlari zarurligini anglatadi. 4. 
Tartibga solish. Siyosiy ong voqelikni idrok etish asosida hamda uning tomonidan ishlab 


269 
chiqilgan siyosiy g‗oyalar, me‘yorlar, tasavvurlar va e‘tiqodlar negizida kishilarning 
ijtimoiy xulq- atvorlarini tartibga soladi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin