Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə353/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   462
LUG\'AT

 
SIYOSIY JARAYON SUBYEKTLARI
— siyosiy jarayon ishtirokchilaridir. 
Ularga shaxslar, ijtimoiy qatlamlar, etnoslar, diniy va demografik guruhlar, ijtimoiy va 
siyosiy institutlar kiradi. 
SIYOSIY KAYFIYAT
— mohiyatiga ko‗ra, aholining siyosatga jalb 
etilganligining hissiy - baholovchi ko‗rsatkichi bo‗lib uning mavjud siyosiy tartibga va 
hukmron qadriyatlarga moslashishi darajasini ko‗rsatadi. 
SIYOSIY KO„RSATMA
— sub‘ektning siyosiy voqelikka munosabatlaridir. Bu 
siyosiy bilimni qabul qilishga intilish, siyosiy faoliyatga bo‗lgan faol va sust e‘tibor, 
siyosiy faoliyatning turli jihatlariga bo‗lgan munosabat. 
SIYOSIY KOMMUNIKATSIYA
— o‗zaro kelishuvlarga erishish maqsadida 
jamiyatning siyosiy kuchlari va individlari o‗rtasida muttasil ravishda siyosiy mazmun-
mohiyatlarning almashib turish jarayonidir. S.k. tushunchasi XX asrning 40-yillarining 
oxiri – 50-yillarining boshida paydo bo‗lgan. S.k. siyosiy axborotlar almashish jarayoni 
hisoblanadi. ―S.k.‖ tushunchasi siyosiy faoliyatni jonlantirish, jamiyat a'zolarida ijtimoiy-
siyosiy ong va tafakkurni shakllantirish, umuman olganda, fuqarolarni siyosiy 
sotsiallashuvida aloqa vositalaridan foydalanish, axborotlarni uzatish, yetkazish va qabul 
qilish jaroyonini bildiradi.
SIYOSIY KONSEPSIYA
— siyosiy institutlar faoliyati asosiga qo‗yilgan rahbar 
g‗oya, yetakchi fikrdir. U siyosiy amaliyotning bevosita mo‗ljali bo‗lib xizmat qiladi. 
Uning asosida faoliyatning strategiyasi va taktikasi ishlab chiqiladi. 
SIYOSIY KUCHLAR VA MANFAATLARI MUVOZANATI 

 
birgalikda 
faoliyat ko‗rsatuvchi siyosat sub‘ektlarining ijobiy va salbiy sifatlarini belgilovchi, 
shuningdek, ular faoliyatining maqsadlari va vazifalari mos kelishi yoki kelmasligini aks 
etiruvchi ko‗rsatgich tizimi. Siyosiy kuchlar muvozanati tahlili siyosiy jarayon uning 


267 
rivojlanishi va taraqqiyot yo‗nalishlarini hamma yo‗nalishlarda tadqiq etishning muhim 
shartidir. 
SIYOSIY KURASH
— siyosiy sub‘ektlar manfaatlarining muayan siyosiy 
natijalarga erishish yo‗lida qarama-qarshiligi holati. Siyosiy kurash shakllari turlicha: 
manfaatlar to‗qnashuvi murosasiz tus olganida va tomonlar radikal choralar va vositalar 
yordamida jamiyatda tub o‗zgarishlar sodir etishni maqsad qilib qo‗yganlarida u 
inqilobiy tus oladi. Bunday kurash ―o‗yin qoidalari‖ning qo‗pol buzilishi, natijalarni 
avvaldan bashorat qilib bo‗lmaslik muhitida, fuqarolar uchun og‗ir oqibatlar bilan 
kechadi. Ijtimoiy-siyosiy sub‘ektlarning manfaatlari bosqichma-bosqich, zo‗rlikka 
tayanmasdan, konsensus vositasida amalga oshirilganida siyosiy kurash islohotchilik 
tabiatiga ega bo‗ladi. Uning oqibatlarini oldindan ko‗ra bilish oson. Siyosiy inqirozlar, 
urushlar, qo‗zg‗olonlar, fitnalar, isyonlar ham siyosiy kurash shakllaridir. Siyosiy kurash 
siyosiy partiyalar o‗rtasida o‗z elektoratini kengaytirish uchun, siyosiy yetakchilar 
o‗rtasida ta‘sir doirasini kengaytirish uchun, qonunchilik va ijro organlari vakillari 
o‗rtasida hokimiyatga doir vakolatlarini kengaytirish uchun va h. olib borilishi mumkin. 
Siyosiy kurash partiya ichida, davlat ichida, davlatlar o‗rtasida va boshqa o‗xshash 
hollarda ham kechishi mumkin.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin