266
intilishlarining bir-biriga nisbatan o‗zaro to‗qnashuvlaridir. S.i.hokimlik munosabatlari
tizimidagi o‗rni va roliga ko‗ra qarama - qarshi siyosiy manfaatlar, qadriyatlar, qarashlar,
maqsadlarga ega sub‘ektlarning kurashi hisoblanadi. S.i. tushunchasi bir turdagi
sub‘ektlarning boshqalari bilan hokimiyat va siyosiy hukmronlik uchun kurashini
anglatadi. Ishtirokchilariga ko‗ra siyosiy ixtilof davlatlararo (sub‘ektlari – hokimiyat
shahobchalari, siyosiy partiyalari v.h.), mintaqviy (hududiy) (sub‘ektlari – hududiy
siyosiy kuchlar), mahalliy bo‗lishi mumkin.
SIYOSIY JARAYON
— jamiyat siyosiy tizimi shakllanishi, o‗zgarishi va faoliyat
ko‗rsatishga bevosita ta‘sir etuvchi ijtimoiy sub‘ektlar faoliyatining uyg‗unligi. Biror
yo‗nalishga ega harakat, holatlarning izchil almashinishi, biror natijaga erishishiga
qaratilgan faoliyatlar birligini anglatadi. Shuningdek, s.j. tushunchasi o‗z navbatida
siyosiy holatlar va hodisalarning ichki bog‗liqlikka ega zanjir, siyosat sub‘ektlarining
hokimiyatga qaratilgan harakatlari o‗zaro munosabatlari birligidir. S.j. deb jamiyatning
siyosiy hayotida turli xildagi voqea-hodisalarning ro‗y berib turishi, ularning ob‘ektiv
qonuniyatlar harakati asosida davom etishi va shu asosda jamiyatning siyosiy jihatdan
rivojlanib borishiga aytiladi. S.j. jamiyat siyosiy tizimini o‗zgartirishga, rivojlantirishga
(yoki inqirozga) olib boruvchi, hokimiyat doirasida institutlashgan sub‘ektlarning o‗ziga
xos funksiyalarini amalga oshirishga doir xatti-harakatlar majmuasining ifodalanishi
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: