264
ichiga oladi. O‗zbekiston fuqarolarining S.h va e.i O‗zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasida, ―Fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlari to‗g‗risida‖, ―O‗zbekiston
Respublikasining referendumi to‗g‗risida‖, ―Siyosiy partiyalar to‗g‗risida‖, ―Vijdon
erkinligi va diniy tashkilotlar to‗g‗risida‖, ―Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va
faoliyatining kafolatlari to‗g‗risida‖, ―O‗zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari
to‗g‗risida‖gi kabi bir qancha qonunlar va qonun kuchiga ega bo‗lgan hujjatlar bilan
belgilab qo‗yilgan.
SIYOSIY IDEAL
— barkamol inson, jamiyat va boshqaruv haqidagi siyosiy
qarashlar, tasavvurlar, g‗oyalar tizimi. U jamiyat oldiga qo‗yilgan ijtimoiy, iqtisodiy va
siyosiy vazifalarni ro‗yobga chiqarish yo‗llarini va vositalarini aniqlash, hamda
faoliyatning amaliy, to‗g‗ri yo‗nalishlarini topish ehtiyoji asosida vujudga keladi.
Dostları ilə paylaş: