SIYENTIZM — ijtimoiy fanlarni uslublari, jamiyatdagi vazifalariga ko‗ra tabiiy
fanlar bilan yaqinlashtirishni maqsad qilib qo‗ygan yo‗nalish.
SIYOSAT —
siyosiy hokimiyatni egallash, qo‗lda tutib turish va undan foydalanish
maqsadida katta ijtimoiy guruhlar, siyosiy partiyalar, ijtimoiy harakatlarning davlat
munosabatlari sohasidagi faoliyati. S., shuningdek, jamiyatdagi umumiy manfaatlarni
aniqlash, butun jamiyat uchun majburiy bo‗lgan qarorlarni ishlab chiqish va ularni davlat
hokimiyati yordamida amalga oshirish bilan bog‗liq faoliyat. S.ga jalb etiladigan
manfaatlar guruhiy tabiatga ega. Shuning uchun ma‘lum bir guruhlar boshqa
guruhlarning holati, maqsadlari, maqomlari, manfaatlariga ta‘sir ko‗rsatishni
boshlaganlarida va bunga davlat hokimiyatini jalb etganlarida siyosat to‗g‗risida so‗z
yuritiladi, deb ayta olamiz. S.siz jamiyat bo‗lmagan. Jamiyat faqat siyosiy jamiyat
holatidagina yaxlitlikni namoyon etadi. Siyosiy munosabatlar ommaviy, ya‘ni umumiy
g‗oya, maqsadlar va qadriyatlar asosida birlashgan mustaqil jamoaga nisbatan himoya
funksiyasiga ega. S. – ijtimoiy munosabatlarni boshqaruvchi, tartibga soluvchi global
mexanizm bo‗lib, u guruhlar o‗rtasidagi ixtiloflarni tartibga soladi, ular o‗rtasida
muloqotni vujudga keltiradi, hokimiyat uchun kurash jarayonining institutsionallashgan,
madaniy, insoniy shakllarini yaratadi va tutib turadi, biror tomon ustunligini istisno etadi.
Ya‘ni S. sohasiga kirgan har qanday ishtirokchi (aktor) boshqa ishtirokchilar (aktorlar)
manfaatlarini hisobga olishga majbur bo‗ladi. S. funksiyalari: jamiyatdagi guruhlar va
qatlamlarning hokimiyatga doir manfaatlarini bayon etish; ixtiloflarni yumshatish, ularni
institutsionallashtirish, qarama-qarshi tomonlarni kelishtirish; jamiyat faoliyati va rivojini
ta‘minlash maqsadlaridan kelib chiqib moddiy va ma‘naviy resurslarni taqsimlash va
qayta taqsimlash; ijtimoiy rivojlanishning umumiy maqsadlarini ilgari surish; jamiyatni
birlashtirish va ijtimoiy tizim yaxlitligini ta‘minlash; shaxsni ijtimoiylashuvini
261
ta‘minlash; kommunikatsiyani ta‘minlash; ijtimoiy hayotni tashkil etishning yangi
shakllarini yaratish.