Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə428/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   424   425   426   427   428   429   430   431   ...   462
LUG\'AT

YADROSIZ ZONA 
— xalqaro huquqda yadro qurolini qanday shaklda bo‗lishidan 
qati nazar, joylashtirish man qilingan demilitarizatsiya zonasi. Ya.z. qurol yarog‗larni 
cheklash, yadroviy nizo chiqishi xavfini kamaytirish, mazkur zonaga kiradigan 
mamlakatlar xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qilib, Yadro qurolini tarqatmaslik 
to‗g‗risidagi shartnomani hayotga tatbiq qilish omili hisoblanadi. Yadrosiz zona qurol-
yarog‗larni cheklash, yadroviy nizo chiqishi xavfini kamaytirish, mazkur zonaga 
kiradigan mamlakatlar xavfsizligini mustahkamlash va 1968-yilda imzolangan yadro 
qurolini tarqatmaslik haqidagi shartnomaning hayotga tatbiq etilishiga ko‗maklashish 
vositasidir. Xalqaro shartnoma asosida yadro qurolini sinash, ishlab chiqarish va 
joylashtirish taqiqlangan, shuningdek, uning hududida va unga qarshi yadro qurolini 


328 
qo‗llash taqiqlangan zona – yadrosiz zona
 
hisoblanadi. Bugungi kunda yadrosiz zonalar 
butun yer sharining 70 foizini tashkil etadi. Dunyoning ko‗pgina davlatlari yadrosiz 
zonalar haqidagi 6 ta shartnomani qo‗llab-quvvatlamoqdalar. Dunyoning 110 dan ortiq 
mamlakati, ya‘ni jahon hamjamiyatining yarmidan ko‗pi yadro qurolidan butunlay voz 
kechish tarafdoridir. Hozirgi paytda Antarktidada, Lotin Amerikasi, Tinch okeanning 
janubiy qismi va Afrikada Ya.z.lar mavjud. Shuningdek, Shimoliy Yevropa, Markaziy va 
Janubiy Osiyo, Yaqin Sharqda Ya.z.lar barpo etish g‗oyalari bor. 1993-yil O‗zbekiston 
Respublikasining Prezidenti I.Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida 
so‗zlagan nutqida Markaziy Osiyoni Ya.z. deb e‘lon qilish tashabbusini ilgari surdi. 
I.Karimovning YXHTning Lissabon uchrashuvida so‗zlagan nutqida (1996-yil ) bu fikr 
yana bir bor o‗rtaga tashlandi. 1997-yil 14 – 16-sentabrda Toshkentda ―Markaziy Osiyo 
— yadro qurolidan xoli zona‖ mavzusida xalqaro konferensiya bo‗lib o‗tdi. Unda 56 
mamlakatdan va 16 xalqaro tashkilotdan vakillar ishtirok etdi. I.Karimovning yadroviy 
xavfsizlikni ta‘minlash choralari haqidagi fikrlarini anjuman qatnashchilari qoniqish 
bilan kutib oldilar. Markaziy Osiyoda Ya.z. barpo etish haqidagi O‗zbekiston tashabbusi 
BMT va jahon jamoatchiligi tomonidan to‗la qo‗llab quvvatlanmoqda. Bu taklif BMT 
Bosh Assambleyasining sessiyalarida muhokama etilib, maxsus rezolyusiya qabul 
qilingan. Markaziy Osiyoda yadro qurolidan holi hudud barpo etish faqat mintaqadagina 
emas., balki jahonda ham tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   424   425   426   427   428   429   430   431   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin