YEVROPOSENTRIZM — G‗arbiy Yevropa madaniyati butun insoniyat uchun
na‘muna, deb qarovchi konsepsiya. Unga ko‗ra g‗arbiy Yevropa – jahon taraqqiyoti
markazidir.
YOPIQ VA OCHIQ JAMIYATI — fanga K.R.Popper tomonidan kiritilgan
bo‗lib, taraqqiyotning turli bosqichlarida turli jamiyatlarning madaniy-tarixiy va siyosiy
tasvirlanishi ifoda etiladi. Ochiq jamiyat – demokratik jamiyat bo‗lib, tashqi muhit
sharoitlarida oson o‗zgaruvchi va moslashuvchi, tanqidni yorib o‗tmoqqa moslashgan
jamiyat, yopiq jamiyat esa dogmatik-avtoritar rejim asosida bo‗lib, sehrli (magik)
tafakkur, dogmatizm va kollektivizm tamoyillari bilan xarakterlanadi. Ochiq jamiyat
olamni ratsional anglash, kritisizm va individualizm tamoyillari bilan xarakterlanadi.
K.Popper yopiq jamiyatlarga o‗zining siyosiy va ijtimoiy kelib chiqishidan turlicha
bo‗lgan davlatlarni kiritadi, bularga Sparta, Prussiya, chor Rossiyasi, natsistlar
Germaniyasi, Sovet Ittifoqini kiritadi. Ochiq jamiyatga qadimgi Afina va g‗arb
rivojlangan davlatlarini kiritadi. Y.va.o.j. konsepsiyasi hozirgi zamon davlatlarining
ideologik siyosiy va ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan o‗rganish uchun asosiy
omillardan biri hisoblanadi.
YOSH BUXOROLIKLAR — Buxoro amirligidagi jadidlar partiyasi (firqasi).
Dastlab ―Tarbiyai atfol‖ (―Bolalar tarbiyasi‖) maxfiy jamiyati shaklida tuzilgan. 1910-
1920-yillarda ―Yo.b.‖ partiyasi deb atalgan. Unga taraqqiyparvar ziyolilar, savdogarlar
va shahar kambag‗allari vakillari kirgan. Ular boshida mavjud amirlik tuzumi doirasida
demokratik islohotlar o‗tkazish, konstitutsiyaviy monarxiya o‗rnatish orqali amirning
mutlaq hokimligini cheklab qo‗yish tarafdori bo‗lgan. Abdulvohid Burhonov, Mukammil
Burhonov, Sadriddin Ayniy, Usmonxo‗ja Po‗latxo‗jaev (Usmon Xo‗ja), Otaulla Xo‗jaev,
Ahmadjon Hamdiy (Abusaidov), Homidxo‗ja Mehriy, Musa Saidjonov, Mirzo Siroj
Hakim Yo.b.ning dastlabki tashkilotchilari edi. Keyinchalik uning faoliyatida Fitrat,
Fayzulla Xo‗jaev va Muhiddin Mansurov katta rol o‗ynashdi. Yo.b. iqtidorli yoshlarni
Istanbul, Qozon, Ufa, Boqchasaroyga o‗qishga jo‗natdi. Ular partiyaning moddiy
mablag‗i hisobidan ta'lim olishgan. Fayzulla Xo‗jaev va Muhiddin Mansurov partiyaga
katta mablag‗ ajratgan. 1914-yildan boshlab Yo.b. ma‘rifatchilikdan siyosat sohasiga
o‗tdilar. Yo.b. amirlik tuzumini isloh qilish to‗g‗risida dadil fikrlar bilan maydonga
chiqishdi. Ularning ijtimoiy, siyosiy, ma‘rifatparvarlik faoliyati partiya mazmunida
endilikda yangicha maqsad va yo‗nalish kasb etdi. Biroq ularning ma‘rifatparvarlik
intilishlari avval Amir Abdulahad, so‗ngra uning o‗g‗li Olimxon tomonidan katta
qarshilikka uchradi. 1917-yil fevral inqilobi Yo.b. ichida kuchlar nisbatining qayta
guruhlanishini tezlashtirdi. Yo.b. partiyasining a'zolari 1920-yil 11-sentabrda umumiy
asosda Buxoro kompartiyasi safiga kirdi.
YOSH XIVALIKLAR — Xiva xonligida jadidlar tashkil qilgan partiya (firqa)
(1914-21). O‗z safida milliy ziyolilar, hunarmand, dehqon, savdogarlar, islom ulamolari
va ayrim davlat amaldorlarini birlashtirgan. 1914-yil avgustda Yo. x. partiyasiga
Polvonniyoz hoji Yusupov asos soldi. Jumaniyoz Boboniyozov, Bobojon Yoqubov,
Jumaniyoz Sultonmurodov, Nazir Sholikorov, Sultonqori Jumaniyozov, Xudoybergan
Devonov, Husaynbek devonbegi Matmurodov, Muhammadyorxo‗ja Abdullaev