Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan


YEVROPA KO„MIR VA PO„LAT BIRLASHMASI



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə435/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   431   432   433   434   435   436   437   438   ...   462
LUG\'AT

YEVROPA KO„MIR VA PO„LAT BIRLASHMASI
— Yevropa hamjamiyatini 
tashkil etgan mamlakatlarning ko‗mir va po‗lat umumiy bozorini boshqargan birinchi 
rahbar organ. 1950-yilda Fransiya tashqi ishlar vaziri R.Shuman taklif etgan rejaga 
asosan 1951-yilda ko‗mir, temir rudasi qazib olish, po‗lat ishlab chiqarishni rivojlantirish 
maqsadida tashkil etilgan. Dastlab birlashmaga Yevropa hamjamiyatining olti mamlakati 
(Fransiya, Germaniya, Italiya, Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg) kirgan, 
keyinchalik Yevropa Ittifoqining boshqa a‘zolari ham qo‗shildi. G‗arbiy Yevropada 
qazib olinadigan deyarli barcha toshko‗mirni, cho‗yan va po‗lat eritishning 90 % ni, 
temir rudasi qazib olishning 90 % ni nazorat qiladi. 
YEVROPA PARLAMENTI
— Yevropa Ittifoqi muassasalaridan biri. Uni 
Yevropa Ittifoqiga a‘zo mamlakatlar fuqarolari to‗g‗ridan-to‗g‗ri saylovlar orqali 5 yil 
muddatga saylaydi. Bunda davlatlarning aholi soni va Ittifoq doirasidagi ulushi hisobga 
olinadi (mas., Germaniya 99 mandatga, Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya - 87 tadan, 
Ispaniya - 64 va h.k. mandatga ega). Ye.P.ning har oyda bo‗ladigan sessiyalari Strasburg 


333 
(Fransiya)da, favqulodda majlislari - Bryussel (Belgiya)da o‗tadi. Bu shaharlarda Ye.P. 
qo‗mitalari ishlaydi. Kotibiyati Lyuksemburg shahrida joylashgan. 
YEVROPA UCHUN IQTISODIY KOMISSIYASI 
— BMTning mintaqviy 
organi. Yevropadagi 32 mamlakat, AQSh va Kanada a‘zo. Maqsadi Yevropa 
mamlakatlari o‗rtasida shuningdek, Yevropa bilan boshqa mamlakatlar o‗rtasida iqtisodiy 
aloqalarni mustahkamlash va kengaytirish bo‗yicha tadbirlar ishlab chiqish. 
YEVROPA XAVFSIZLIK VA HAMKORLIK TASHKILOTI
(YEXHT)
— 
davlatlar o‗rtasida xavfsizlik va hamkorlikni ta'minlashga qaratilgan harakatlarni 
muvofiqlashtiruvchi va ularning rivojlanish tamoyillarini belgilab beruvchi, shuningdek, 
ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni demokratlashtirishga ko‗maklashuvchi xalqaro tashkilot. 
Dastlab umum Yevropa kengashi (AQSH va Kanada ishtirokida) sifatida faoliyat 
ko‗rsatib Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‗yicha kengash nomi bilan atalgan (1973-
1991). 1973-yil 3–7-iyulda Xelsinki shahrida kengashning birinchi bosqich (Yevropadagi 
33 davlat tashqi ishlar vazirlari ishtirokida), 1973-yil 18-sentabrdan 1975-yil 21-
iyuligacha Jeneva shahrida ikkinchi bosqich (35 davlat vakillari ishtirokida) va 1975-yil 
30-iyuldan – 1-avgustgacha Xelsinki shahrida uchinchi bosqich (35 mamlakat siyosiy va 
davlat rahbarlari ishtirokida) uchrashuvlari bo‗lgan. Pirovardida yakunlovchi hujjat qabul 
qilinib, u Yevropada tinchlikni ta‘minlashning muhim omiliga aylangan. Kengashning 
Madrid konferensiyasi (1991-yil aprel)da YEXHT Parlament assambleyasini tashkil 
etishga qaror qilindi (1991-yil iyulda ta‘sis etilgan). Yevropada yuz bergan jarayonlar, 
―sovuq urush‖ning tugashi natijasida vujudga kelgan o‗zgarishlar kengashning tashkilot 
sifatida to‗liq shakllanishiga olib keldi. YEXHTga 54 davlat a‘zo (2002-yil yanvar). 
Tashkilotga a‘zo davlatlar rahbarlari ikki yilda bir marta oliy darajada uchrashuv 
o‗tkazadilar. YEXHTning Istanbul shahrida bo‗lgan sammitida (1999-yil 18-19 noyabr) 
Yevropada xavfsizlik va hamkorlikni mustahkamlashning XXI asr dagi yangi tamoyillari 
belgilandi. Tashkilotga a‘zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari har-yili uchrashib turadilar 
(Vazirlar kengashi). Tashkilotning yana bir organi - Boshqaruvchi kengash har yili 3 
marta Praga shahrida yig‗iladi, bir marta iqtisodiy forum o‗tkazadi. Muntazam ishlovchi 
doimiy kengashning majlislari haftada bir marta bo‗ladi. Xavfsizlik va ishonchni 
mustahkamlash, qurollanish ustidan nazorat masalalarini muhokama qiluvchi Xavfsizlik 
bo‗yicha hamkorlik forumi mavjud. Uning majlislari ham har haftada o‗tadi. YEXHT 
qarorgohi Vena shahrida. O‗zbekiston 1992-yil 30-yanvarda YEXHTga qabul qilindi. Bu 
bilan O‗zbekistonning Yevropa davlatlari, shuningdek, AQSh, Kanada bilan har 
tomonlama hamkorlik qilishiga yangi yo‗l ochildi. YEXHTning ko‗plab tadbirlari orqali 
O‗zbekiston rahbariyati xalqaro miqyosdagi tashabbuslarni, dunyoning dolzarb 
masalalariga munosabatini jahon hamjamiyati e‘tiboriga havola qiladi. O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidenta I.Karimov YEXHTning Lissabon sammitida (1996-yil dekabr) 
mojarolar yuz berib turgan hududlarga yashirincha qurol-yarog‗ yetkazib berishni 
to‗xtatish, Istanbul sammitida (1999-yil noyabr) terrorizmga qarshi kurash bo‗yicha 
xalqaro markaz tuzish haqida taklif bilan chiqdi. O‗zbekiston YEXHT rahnamoligidagi 
ko‗plab anjumanlarga mezbonlik qilib keladi. Toshkentda YEXHTning Markaziy Osiyo 
davlatlari bilan aloqalar bo‗yicha byurosi ish olib boradi. 


334 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   431   432   433   434   435   436   437   438   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin