13 joriy etish mamlakatimizda dolzarb masala hisoblanadi. Bu vazifalarni umumdavlat
aloqa va axborotlashtirish sohasining standartlariga asoslangan holda amalga
oshiriladi. O‘z DSt 1105:2009 ma’lumotlarni simmetrik blokli shifrlash algoritmi
standarti bo‘lib, mamlakatda himoyalangan elektron xujjat aylanishiga xizmat qilib
kelmoqda.
Ushbu O‘z DSt 1105:2009 ma’lumotlarni shifrlash algoritmi standarti barcha
turdagi electron axborot, ma’lumotlarni himoyalash, muxofazalash maqsadida
kriptografik algoritm hisoblanadi. O‘z DSt 1105:2009 simmetrik blokli shifrlash
algoritmi bo‘lib, zarur almashuv jarayonida axborotlarni shifrmatnga ya’ni
shiflangan holatga o‘tkazadi hamda dastlabki axborotga qayta tiklash uchun
ishlatiladi. Ma’lumotlarni shifrlash algoritmi 256 bit o‘lchamdagi axborotni
simmetrik blokli shifrmatnga o‘tkazish hamda dastlabki axborotga shifrtmatnni
o‘girishda 256 yoki 512 bit uzunlikdagi kriptografik kalit qo‘llaniladi.
Ma’lumotlarni shifrlash algoritmi hozirgi jarayonda dasturiy, apparat yoki appart-
dasturiy kriptografik modullarda foydalanib kelinmoqda. Turli tashkilotlar,
muassasalar hamda korxonalarda elektron hisoblash mashinalar tarmoqlarida asosan
alohida hisoblash komplekslarida hamda elektron hisoblash mashinalarda, serverlarda
saqlanuvchi va uzatiluvchi ma’lumotlarning kriptografik himoyasini amalga oshirishda
markzur O‘z DSt 1105:2009 simmetrik blokli shifrlash algoritmi standartidan
foydalaniladi.
Simmetrik kriptotizimlardan foydalanib turli xil sohalarda xabarlar, ma’lumotlar
quyidagicha almashish jarayoni bo‘ladi va u uch bosqichda yuz beradi:
Birinchi bosqich, deylik A PC-1 qurilmadan xabar yuborishda qabul qiluvchi,
deylik B PC-2 qurilmaga shifrlash key(kaliti) boshqacha qilib ayganda funksional
kalitni, ushbu tarmoq, kanaldan emas biroq muhofazalangan ishonchli kanal tizimidan
yuboradi, ma’lum qiladi.
Ikkinchi bosqichda, jo‘natuvchi A PC-1 shifrlash uchun tayyor belgilangan kaliti
va funksional kaliti bilan dastlabki axborot, ma’lumotlar to‘plamini shifrmatnga