84
uzoq yashaydi. Odatda erkak kanalar bir joydan ikkinchi joyga o’tib urg’ochi
kanalarni izlaydi va ularni topib urug’lantiradi.
Kanalar rivojlanishi va oziqlanishiga ko’ra bir, ikki va uch xo’jayinli bo’ladi.
Bir xo’jayinli kanalar rivojlanishining hamma fazalarini erga tushmasdan, faqat o’z
xo’jayini tanasida o’tkazadi. Bir xo’jayinli kanalarga Boophilus calcaratus,
Hyalomma scupense va boshqalar kiradi.
Ikki xo’jayinli kanalar birinchi xo’jayiniga lichinkalik davrida o’tadi. Uning
tanasida tullab, nimfaga aylanadi. Nimfa qon so’rib to’ygandan keyin erga tushib
tullaydi, so’ngra imagoga aylanadi. Imago oziqlanish uchun ikkinchi xo’jayinga
xujum qilib, qonga to’ygandan keyin erga tushadi. Ikki xo’jayinli kanalarga
Rhipicephalus bursa, Hyalomma pulmeum, Hyalomma detrium va boshqalar kiradi.
Uch xo’jayinli kanalar uch turdagi hayvon organizmini almashtiradi. Birinchi
xo’jayinga lichinkalik davrida o’tib qonini so’rib to’ygandan so’ng erga tushadi,
tullaydi va nimfaga aylanadi. Nimfa ikkinchi xo’jayinga o’rmalab o’tadi va uning
qonini so’rib erga tushadi, tashqi muhitda tullab, imagoga aylanadi. Uchinchi
xo’jayinga xujum qilib uning qonini so’radi, so’ngra tuxum qo’yish uchun erga
tushadi. Bunday kanalarga Ixodes, Haemaphysalis, Dermacentop avlodlari va
Philicephalus tipanicus, Hyalomma anatolicum turlari kiradi.
Bir yoki ikki xo’jayinli kanalarning lichinka va nimfalari mayda yovvoyi
sutemizuvchilar, parrandalar va sudralib yuruvchilar hisobiga yashaydi. Imago
davrida esa yirik uy va yovvoyi hayvonlarning qonini so’rib oziqlanadi. Iksod
kanalarida rivojlanish sikli ancha mukammalashgan, ular bir fazadan ikkinchi fazaga
o’tganda bir marta tullaydi. SHuningdek, evolyusion taraqqiyot jarayonida ular ko’p
xo’jayinlilikdan bir xo’jayinlilikka o’tgan, chunki ko’p xo’jayinlilik kanalarning
yashashi uchun noqulay bo’lgan.
Iksod kanalari bir qancha og’ir kasalliklarni, ya’ni tayga ensefaliti, toshmali tif,
tulyaremiya, gemorragik isitma, piroplazmoz, babezioz, anaplazmoz, teylerioz va
boshqa ko’plab kasalliklarni yuqtiradi.
Dostları ilə paylaş: