G‘aznachilikda pul oqimlari ustidan kompleks monitoring qilish shahlo Shodmonkulova Olimjon qizi



Yüklə 38,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix13.12.2023
ölçüsü38,07 Kb.
#174911
1   2   3   4   5
g-aznachilikda-pul-oqimlari-ustidan-kompleks-monitoring-qilish

TADQIQOT NATIJALARI 
Bundayin o‘sish sur’atlarida endigi navbat g‘aznachilikda pul oqimlari ustidan kompleks 
monitoring qilish masalasi bo‘lishi hamda bu yo‘nalishda monitoring qilish uslubuyotini takomil 
etish bo‘ladi. Shu sabab bilan ham sohada barcha hatti-harakatlar o‘rganilishi o‘rinlidir.
Tashkilotning barcha turdagi moliyaviy va xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirish, pul 
mablag‘larining harakati - ularning kelib tushishi yoki sarflanishi bilan birga keladi. Ushbu 
uzluksiz jarayon pul oqimi tushunchasi bilan belgilanadi. Tashkilotning pul oqimi - bu uning 
iqtisodiy faoliyati natijasida yaratilgan vaqt davomida taqsimlangan mablag‘larning tushumlari 
va to‘lovlari to‘plami demakdir. Tashkilotning barcha shakl va turdagi pul oqimlari hamda 
shunga mos ravishda, umumiy pul oqimlari moliyaviy boshqaruvning eng muhim mustaqil 
ob’yekti hisoblanadi.
Bu pul oqimlarini boshqarish tashkilotning rivojlanishi va shakllanishidagi roli bilan 
belgilanadi. Tashkilotning deyarli barcha sohalarida normal iqtisodiy faoliyatini ta’minlaydigan 
pul oqimlari "moliyaviy aylanma" tizimi sifatida ifodalanishi mumkin. Samarali tashkil etilgan 
pul oqimlari "moliyaviy salomatlik"ning eng muhim belgisi, xo‘jalik yurituvchi sub’yekt 
faoliyatining yuqori yakuniy natijalariga erishishning zaruriy sharti bo‘lib, iqtisodiy va 
investitsiya faoliyati ritmini oshirishga yordam beradi. 
Pul oqimlarini samarali boshqarish usullari va yo‘llari turlichadir. Pul oqimlarini samarali 
boshqarish juda muhimdir, chunki: 
- rivojlanish jarayonida tashkilotning moliyaviy muvozanatini ta’minlaydi. Ushbu 
rivojlanish sur’ati va moliyaviy barqarorlik ko‘p jihatdan har xil turdagi pul oqimlarining hajm 
va vaqt bo‘yicha sinxronlashtirilganligi bilan belgilanadi. Bunday sinxronizatsiyaning yuqori 
darajasi kompaniyaning strategik rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda sezilarli tezlashuvni 
ta’minlaydi;
tashkilotning qarz kapitaliga bo‘lgan ehtiyojini kamaytirishga imkon beradi;
pul oqimlarini faol boshqarish orqali siz o‘zingizning moliyaviy resurslaringizdan 
yanada oqilona va tejamkor foydalanishni ta’minlashingiz, tashkilotning qarzga olingan 
kreditlarga bog‘liqligini kamaytirishingiz mumkin;
to‘lovga layoqatsizlik xavfini kamaytirishni ta’minlashda ham muhim ahamiyat 
kasb etadi. 

Yüklə 38,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin