Xulosa
«Turkiston - umumiy uyimiz» g’oyasini to’g’ri tushunish lozim. Uning
zamirida Markaziy Osiyo mamlakatlarini birlashtirish yoki ular tepasida turuvchi
yangi bir tizimni yaratish kabi maqsadlar qo’yilayotgani yo’q. «Turkiston -
umumiy uyimiz» deganda barcha turkiy davlatlar hamda turkiy xalqlar nazarda
tutilayotgani ham yo’q. Gap Turkiston deb nomlangan siyosiy-geografik hudud
ustida, hududdagi mamlakatlarning o’zaro birligini mustahkamlash, ularning
xalqlarini yaqinlashtirish haqida bormoqda. Markaziy Osiyo davlatlarining har biri
o’z doirasida, o’z taraqqiyot yo’lidan rivojlanib boraveradi.
Turkiston xalqlari madaniyati Assambleyasi tashabbusi bilan Markaziy
Osiyo mamlakatlari madaniyat, san’at, adabiyot va fan namoyandalari o’rtasida
aloqalarni chuqurlashtirish, xalqlarni bir-biriga yanada yaqinlashtirish tadbirlari
ko’rilmoqda. Inson tabiati murakkab, ruhi hamda hissiy ta’sir darajasi o’ta nozik va
ayni paytda juda sezgirdir. Donishmandlarning fikricha, ruh tuyg’ular bilan fikrlar
ta’sirida paydo bo’lib shakllanarmish. Tashqi xodisalar, voqelik nechog’lik aniq va
chuqur idrok etilsa, tuyg’ularga ta’sir shunchalik kuchli bo’lar ekan. Natijada ana
shu taassurotlar qurshovida ruh, fe’l-atvor, borliqda o’ziga xos munosabat, olamni
anglash qobiliyati shakllanadi.
Aflotunning fikriga ko’ra, rux eng ezgu olam bo’lgani uchun inson avvalo
o’z ruxini kamol toptirishi zarur. Zero, ruhning sog’lomligi – aql-idrok
butunligidir, ruhning pokizaligi — xissiyot pokizaligi, tuyg’ular musaffoligidir.
Qalbida shunday fazilat mavjud odamda Vatan, xalq, millat tushunchalari oliy
haqiqat darajasiga ko’tariladi. Biz qanchalik ruxan tozalikka erishsak, fikrimiz
shunchalik toza, xayollarimiz ravshan, orzu-umidlarimiz yorqin bo’ladi. Atoqli
turk olimi Ziyo Go’kalp: "Fikrlari xislariga tamomila muvofiq bo’lmagan har bir
odam ruhan xastadir. Bunday odam hayotda baxtli bo’la olmaydi. Masalan,
hissiyotiga ko’ra kuchli dindor bo’lgan kishi o’zini fikran dinsiz deb tushuna
boshlasa, ruxi qandaydir bir muvozanat, osoyishtalik qolat ida bo’ladimi?
Shubxasiz yo’q!"— deydi.
21
Yaqin o’tmishimizga bir nazar solaylik. Bir necha ming yilliklar mobaynida
joni joniga, qoni qoniga payvand bo’lib ketgan Turkiston xalqlari sobiq SSSR
davrida turli millatlarga ajratib tashlandi. Qog’ozdagina suveren, aslida esa
Markazga qaram sovet respublikalari barpo etildi. Bu soxta siyosat tufayli
an’analari, turmush tarzlari, ruhiy va ma’naviy qadriyatlari bir bo’lgan xalqlar
o’zbegu qozoqda, tojigu qirg’iz, turkmanga bo’lib yuborildi.
Albatta, mazkur xalqlar o’tgan 70 yildan ko’proq. vaqt mobaynida millat
sifatida shakalandi. Ularning o’z tili, madaniyati bor. Endi ularni butunlay
birlashtirib yuborish milliy qadriyatlarini toptash bilan barobar. Biroq, masalaniig
boshqa tomoni ham bor. Ya’ni, yagona Turkiston zaminida sobiq SSSR tarqalgach
vujudga kelgan mustaqil davlatlar o’z tarixiy kelib chiqishlari, xalqlarining boy
o’tmishi, ma’naviy va ruhiy extiyojlari nuqtai nazaridan o’zaro yaqinlashishga
hayotiy zarurat sezishlari tabiiy holdir.
Turkiston xalqlari ruhiyati asrlar mobaynida bir-biriga tutashib, ma’naviy,
diniy va ahloqiy munosabatlari uyg’unlashib ketgan, yashash tarzlari va urf-
odatlari mushtarak bo’lib, yagona o’lkan va jonli vujudga aylangan edi. Shuning
natijasida qondoshu jondoshlik, bir butunlik an’analari tarkib topgan. Kishilik
tarixida bunday ma’naviy, ruhiy va fikriy yaqinlik bu diyorda hamisha hamma
narsadan ustun kelgan. Shuning uchun ham Mavlono Rudakiy: Dunyoning shodligi
yitlsa butun, Do’stlar diydoridan bo’lol mas ustun", deb bejiz aytmagan.
Mustaqillik sharoitida bizning millat, millatlararo munosabatlar, milliy
madaniyat, yaqin qardosh xalqlarning madaniy merosi, etnik muammolari,
jug’rofiy va iqtisodiy birligi haqidagi tasavvurlarimiz o’zgarmoqda. Yangi tarixiy
sharoitlarda vujudga kelayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar Turkiston mamlakatlari
xalqlari tarixi, ularning kelib chiqishi, o’ziga xos turmush tarzlari va yaqin
qo’shnichilik munosabatlariga har qachongidan boshqacharoq qarashni taqozo
etmoqda.
|