Mavzu: Paxta tolasining klassifikatsiyasi
- 2 soat
2- LABORATORIYA
580 kg. chigitdan esa 112 kg. yog‘; 10 kg sovun; 270 kg. kunjara, 170 kg. sheluxa va 80
kg momiq olish mumkin. 340 kg. toladan – 3500 m2. gazmol ishlab chiqariladi. 1 kg. paxta
tolasidan–20 m. batist, ya'ni 12 m. sitets, ya'ni 40÷140 katushka ip ishlab chiqarsa bо‘ladi.
О‘rta tolali chigitli paxta tolasi uzunligi 30÷38 mm. bо‘ladigan bо‘lsa, uzun tolali paxta
tolasi uzunligi esa 37÷40 mm. bо‘ladi.
Paxta chigiti ustida 10÷15 minggacha tola bо‘lib, chigitning ustini doiraday yopib turadi.
Bu tolalar birinchi navbatda yerdagi ortiqcha namlik natijasida chigitning shishib va chirib
ketmasligidan saqlasa, ikkinchidan chigit о‘sish davrida uning qobig‘idagi (pо‘slog‘idagi)
namlikni saqlab qolishga sharoit yaratadi va xar xil tashqi mexanik ta'sirlardan saqlaydi.
Paxta tolasi tarkibiga quyidagilar kiradi:
sellyuloza
- 97,0 (98,5%);
pektin
- 0,8 (1,0);
yog‘ va vosk
- 0,3 (1,0%);
azot va oqsillar - 0,2 (0,3)%.
Tо‘qimachilik sanoatida foydalaniladigan tolalar о‘rtasida paxta tolasi birinchi о‘rinni
egallaydi, ya'ni 60 % ni tashkil etadi.
Tolaning navi, sinfi, shtapel vazn uzunligi (mm), yо‘nalishli zichligi (mteks), solishtirma
uzunligi, pishiqligi va uzulish kuchi fizik-mexanik yoki bо‘lmasa, texnologik xususiyatlari
deb ataladi.
Paxta tolasidan kо‘plab har xil ip ishlab chiqariladi. Yigirilgan iplardan gazmollar
tо‘qiladi va boshqa tо‘qimachilik mollari tayyorlanadi. Paxta tolasidan tayyorlanadigan
gazmollar turi 2500 dan ortiqni tashkil etadi.
Paxta momiqi 6-14 mm. uzunlikda bо‘lib, asosan selyuloza tayyorlashda ishlatiladi.
Tayyorangan sellyulozadan yuqori sifatli sun'iy tola va plastmassalar ishlab chiqariladi. Lint
(momiq) tibbiy vata, filtr, karton, elektroizolyator, yuqori sifatli qog‘oz, sun'iy teri, foto-kino
tasmalar, portlatish materiallari tayyorlashda xom ashyo sifatida ishlatiladi.
Paxta chigitidan asosan yog‘-moy korxonalarida presslash yoki ekstraktsiyalash asosida
paxta yog‘ini ishlab chiqariladi. 100 g. paxta yog‘ida
99 mg. tokoferol -vitamin Ye
aralashmasi bо‘ladi.
Paxta yog‘idan stearin, har xil navli margarinlar, gletsirin va moyli kislota ishlab
chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: