Urganch davlat universiteti «yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari»



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/38
tarix13.12.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#175004
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38
Xom ashyoni yigirishga tayyorlash 22

Laboratoriya ishining maqsadi: 
Talabani o‘quv laboratoriyasidagi havfsizlik qoidalari
ishlab chiqariladigan ip assortimenti bilan tanishtirish va yigirish sistemalarini o‘rgatishdir. 
Laboratoriya darsi uchun kerak bo‘ladigan anjomlar va materiallar: 
Tasdiqlangan 
texnika havfsizligi qoidalari. Tanda, arqoq, trikotaj iplari namunalari, matolar. Yigirish 
sistemalari plakati. 
 
Topshiriq 
1.
Yigirilgan ip assortimentlari bilan tanishing. 
2.
Birlamchi iplarning tasnifini o‘rganing. 
3.
Ikkilamchi iplarning tasnifi bilan tanishing. 
Uyda: 
Laboratoriya ishi bo’yicha hisobot tayyorlang. 
Asosiy ma’lumot 
Vazifaning birinchi savolini 
o‘qituvchi kirish yo‘riqnomasini o‘tkazish bilan 
tushuntiradi. O‘quv laboratoriyasida (O‘L) o‘rnatilgan uskunalarning vazifalari, ulardagi 
havfli joylar bilan tanishtirib, talabalar instruktaji maxsus jurnalda qayd etiladi. 
O‘qituvchi turli assortimentdagi iplar xaqida qisqa tushuncha beradi. Ip har xil bo‘ladi: 
yakka ip, pishitilgan ip, xom ip, bo‘yalgan ip, melanj ip, tanda ip, arqoq ip va h.k. Ular 
ishlatilishiga qarab xam farqlanadi: tikuv iplari, texnik, poyabzal, kashta ipi va trikotaj 
tayyorlashda ishlatiladigan iplarga bo‘linadi. Yigirilgan iplarning asosiy qismi, to‘quvchilikda 
matolar olishda ishlatilib u 75% ni, trikotajda 14%ni, tikuv iplari esa 2,5%ni tashkil etadi. 
Qolganlari attorlik va jun byumlarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Talaba bu iplarni to‘liq 
tavsifini daftarda qayd etadi. 
Paxta tolasidan ip olish jarayonida quyidagi yarim mahsulotlar: xolst, tola tarami, pilta 
va pilik hosil bo‘ladi. YArim mahsulotlarni olish jarayonida to‘qimachilik tolalari tozalanadi, 
titiladi, tekislanadi, uzunligi bo‘yicha parallel holatga keltiriladi. Oxirgi yarim mahsulot- 
pilikdan ip yigiriladi. 
Quyidagi 2 va 3-jadvallarda birlamchi va ikkilamchi iplarning tasnifi keltirilgan. 
Birlamchi iplarning tasnifida barcha iplar tuzilish ko‘rsatkichlari orqali sinflarga, 
guruhlarga va ayrim iplar turiga bo‘linadi. 
Ikkilamchi iplar birlamchi qo‘shimcha ishlov berish usuli bilan olinadi. Ya’ni 
birlamchi iplar qo‘shimcha eshiladi, pishitiladi. Natijada, iplarning mustahkamligi ortadi, 
notekisligi kamayadi. 
3.6-jadval 
Birlamchi iplarning tasnifi 
t/r 
Iplarning turlari 
Sinfi 
Guruhi (tola tarkibi) 
Turi 
1. 
Yigirilgan ip 
Oddiy 
Bir jinsli, aralash 
Bir xil toladan
har xil toladan 
Pishitilgan yoki 
elimlangan 
Bir jinsli, aralash 
Bir xil toladan, 
har xil toladan 
Teksturlangan 
(katta hajmli) 
Bir jinsli, aralash 
Bir xil toladan, 
har xil toladan 
Shakldor, 
chirmoviqli 
Bir jinsli, aralash 
Bir xil toladan, 
har xil toladan 
Oddiy 
Bir jinsli 
Bir xil elementar 
iplardan 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin