Laboratoriya ishining maqsadi:
Talabani o‘quv laboratoriyasidagi havfsizlik qoidalari,
ishlab chiqariladigan ip assortimenti bilan tanishtirish va yigirish sistemalarini o‘rgatishdir.
Laboratoriya darsi uchun kerak bo‘ladigan anjomlar va materiallar:
Tasdiqlangan
texnika havfsizligi qoidalari. Tanda, arqoq, trikotaj iplari namunalari, matolar. Yigirish
sistemalari plakati.
Topshiriq
1.
Yigirilgan ip assortimentlari bilan tanishing.
2.
Birlamchi iplarning tasnifini o‘rganing.
3.
Ikkilamchi iplarning tasnifi bilan tanishing.
Uyda:
Laboratoriya ishi bo’yicha hisobot tayyorlang.
Asosiy ma’lumot
Vazifaning birinchi savolini
o‘qituvchi kirish yo‘riqnomasini o‘tkazish bilan
tushuntiradi. O‘quv laboratoriyasida (O‘L) o‘rnatilgan uskunalarning vazifalari, ulardagi
havfli joylar bilan tanishtirib, talabalar instruktaji maxsus jurnalda qayd etiladi.
O‘qituvchi turli assortimentdagi iplar xaqida qisqa tushuncha beradi. Ip har xil bo‘ladi:
yakka ip, pishitilgan ip, xom ip, bo‘yalgan ip, melanj ip, tanda ip, arqoq ip va h.k. Ular
ishlatilishiga qarab xam farqlanadi: tikuv iplari, texnik, poyabzal, kashta ipi va trikotaj
tayyorlashda ishlatiladigan iplarga bo‘linadi. Yigirilgan iplarning asosiy qismi, to‘quvchilikda
matolar olishda ishlatilib u 75% ni, trikotajda 14%ni, tikuv iplari esa 2,5%ni tashkil etadi.
Qolganlari attorlik va jun byumlarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Talaba bu iplarni to‘liq
tavsifini daftarda qayd etadi.
Paxta tolasidan ip olish jarayonida quyidagi yarim mahsulotlar: xolst, tola tarami, pilta
va pilik hosil bo‘ladi. YArim mahsulotlarni olish jarayonida to‘qimachilik tolalari tozalanadi,
titiladi, tekislanadi, uzunligi bo‘yicha parallel holatga keltiriladi. Oxirgi yarim mahsulot-
pilikdan ip yigiriladi.
Quyidagi 2 va 3-jadvallarda birlamchi va ikkilamchi iplarning tasnifi keltirilgan.
Birlamchi iplarning tasnifida barcha iplar tuzilish ko‘rsatkichlari orqali sinflarga,
guruhlarga va ayrim iplar turiga bo‘linadi.
Ikkilamchi iplar birlamchi qo‘shimcha ishlov berish usuli bilan olinadi. Ya’ni
birlamchi iplar qo‘shimcha eshiladi, pishitiladi. Natijada, iplarning mustahkamligi ortadi,
notekisligi kamayadi.
3.6-jadval
Birlamchi iplarning tasnifi
t/r
Iplarning turlari
Sinfi
Guruhi (tola tarkibi)
Turi
1.
Yigirilgan ip
Oddiy
Bir jinsli, aralash
Bir xil toladan,
har xil toladan
Pishitilgan yoki
elimlangan
Bir jinsli, aralash
Bir xil toladan,
har xil toladan
Teksturlangan
(katta hajmli)
Bir jinsli, aralash
Bir xil toladan,
har xil toladan
Shakldor,
chirmoviqli
Bir jinsli, aralash
Bir xil toladan,
har xil toladan
Oddiy
Bir jinsli
Bir xil elementar
iplardan
Dostları ilə paylaş: |