Urganch davlat universiteti «yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari»



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/38
tarix13.12.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#175004
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38
Xom ashyoni yigirishga tayyorlash 22

Rami 

Osiyoda krapiva oilasiga mansub bo‘lgan qadimiy o‘simlik turidir. Bu o‘simlik 
turidan ishlangan to‘qimachilik gazlamalari va namunalari mil. avv. III-asrlarga mansub 
ekanligi aniqlangan. Tolasining mustaxkamligi uchun undan arqon va kanat maxsulotlari 
ishlab chiqariladi. Qadimgi davrda bu toladan kema elkanlari uchun gazlamalar ishlab 
chiqarilgan. Tola tashqi ko‘rinishi xuddi ipakka o‘xshab yaltiroq va tovlanuvchan bo‘lgani 
uchun qimmatbaxo tola turiga kiritilgan. SHuningdek, bu tola turidan jinsi maxsulotlari xam 
ishlab chiqariladi. Xitoy va YAponiya davlatlari o‘simliklardan maxsulot ishlab chiqarishda 
ananaviy uslubga sodiq qolganlar. Evropa davlatlari ichida Angliya davlati qirolichasi 
Elizaveta-I 
Xitoy krapivasidan tayyorlangan gazlama bilan birinchi bo‘lib yaqindan 
tanishgan. 
Sizal- 
sizal tolasi ko‘p yillik «agava» o‘simligining bargidan olinadi. Bu o‘simlik 
Hindistonda, Indoneziyada. Afrika davlatlarida hamda Janubiy Amerika qit’asidagi 
davlatlarda o‘sadi. Meksika davlatida o‘sadigan agavaning boshqa bir turidan olinadigan tola 
«geneken» deb ataladi. Agava barglaridan olinadigan tolalar texnik tola bo‘lib, uning uzunligi 
70-130 sm bo‘ladi. Texnik tola bir qancha tanho tolalardan tashkil topadi. Tanho tolaning 
uzunligi 2-4 mm, yo‘g‘onligi 20-30 mkm. Tolasi dag‘al, devori yupqa, ichida quvuri katta 
bo‘ladi. 
Manilla- 
tolasi ko‘p yillik «abaka» o‘simligining bargidan olinadi. Bu o‘simlik 
Filippin orollarida, Indoneziyada o‘sadi. Abakaning texnik tolasi uzunligi 1,0-5,0 m gacha 
bo‘ladi. Elementar tolalarning uzunligi 2-12 mm, yo‘g‘onligi 10-45 mkm bo‘ladi. Barglardan 
olinadigan tolalardan texnik to‘qimalar, arqonlar va kemalarda ishlatiladigan chirish 
jarayoniga chidamli arqonlar tayyorlanadi. 
Jun 

qo‘y, echki va tuya terisini qoplab turgan tolalar. Jun tabiiy, zavodda olinadigan 
va qayta tiklangan xillarga bo‘linadi. Tabiiy jun bevosita hayvonlarning junini qirqish yo‘li 


bilan, zavodda olinadigan jun so‘yilgan jonivorlarning terisidan shilib olish yo‘li bilan, qayta 
tiklangan jun esa qiyqimlarni qayta ishlash usuli bilan olinadi. 
Jun tolalari paxta tolalaridan uzun, pishiqligi past lekin qayishqoqroq bo‘ladi. SHu 
sababli jun gazlamalar qator qimmatli xossalarga ega, ya’ni g‘ijimlanishi kam, emirilishga 
chidamli va buramabopligi yaxshi. Jun tolalaridan yigirilgan iplardan ko‘ylak, kostyum, palto 
bop matolar, gilam, va boshqa mahsulotlar olinadi. 
Ipak

ipak qurti o‘ragan pillani chuvishdan olinuvchi ingichka ip bo‘lib, nafis shoyi 
gazlamalar olishga ishlatiladi. Ipak qurtini boqish, ularni oziqlantirish uchun tut daraxtlari 
o‘stiriladi. Bu esa sermehnat va murakkab ishdir. SHuning uchun tabiiy ipak to‘qimachilik 
sanoatida eng qiymat xom ashyo hisoblanadi. Ipakdan chiroyli engil va texnikada 
ishlatiluvchi gazlamalar ishlab chiqariladi. 


161 


paxta 
koyr 
kapok 
zig‘ir 
djut 
kanop 
manilla 
sizal 
bambuk 
ipak 
ketgut 
asbest (toshpaxta) 
3.2-rasm. Tabiiy tolalarning ko‘rinishi 



Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin