Tosh paxta - ma’danlardan olinuvchi tola bo‘lib, ba’zan tog‘ jinslari ana shu ma’dan
toladan tashkil topadi. Rossiyada tosh paxta, asosan Uralda ishlab chiqariladi. Uning uzunligi:
6-18 mmni tashkil qiladi. Undan faqatgina yo‘g‘on kalava iplar ishlab chiqariladi. Tosh
paxtani 10 foizgacha boshqa tolalarga aralashtirib yigiriladi. Tosh paxta yonmaydi, issiqlikni
yomon o‘tkazadi. SHuning uchun o‘ta chidamli gazlamalar to‘qishda va himoya materiallari
tayyorlashda ishlatiladi.
Kimyoviy tolalar guruhiga sun’iy va sintetik tolalar kiradi.
Sun’iy tola - yuqori birikmali moddalarni kimyoviy ishlov berish yo‘li bilan olinadi.
YA’ni tabiiy tolalarning chiqindi (sellyuloza va oqsil) larini qayta ishlab, so‘ng kimyoviy
moddalar ta’sir ettirish yo‘li bilan xosil qilinadi.
Viskoza - sellyulozaning efiri ksantogenat sellyulozadan olinadi. Tolalari bir tekis,
ularni yigirish oson, yaxshi bo‘yaladi, narxi arzon, lekin ho‘l holatda pishiqligi 50 foizga
qadar kamayadi. Asosan sof va boshqa tolalarga qo‘shib ishlatiladi.
Atsetat tolasi - sellyulozaning efiri asetil sellyulozadan olinadi. Atsetat tolasining
xususiyati viskoza xususiyatiga yaqin.
Miss-ammiak tolasi - Bunday tola paxta sellyulozasidan tayyorlanadi. Paxta
momig‘ini mis-ammiak reaktivida eritish yo‘li bilan yigiruv eritmasi olinadi. Bunday tola ho‘l
usulda olinadi; cho‘ktirish vannasiga suv yoki kuchsiz ishqor eritmasi solinadi. Mis-ammiak
tolaning ko‘ndalang kesimi deyarli yumaloq, bo‘ylama ko‘rinishi silindr shaklida, viskoza
tolalariga qaraganda ingichkaroq, mayinroq, kamroq tovlanadi va ho‘l holatida pishiqligini
yo‘qotadi.
Bu tola viskoza tolalariga qaraganda ingichkaroq, mayinroq, kamroq tovlanadi va ho‘l
holatda 40-45 %gacha pishiqligini yo‘qotadi. Mis-ammiak tolalarining kimyoviy xossalari
viskoza tolalarining xossalariga o‘xshaydi. Bu tolalar unchalik ko‘p ishlatilmaydi, chunki
ularni ishlab chiqarishga viskozaga nisbatan ko‘p mablag‘ sarflanadi.
Kazein tolasi- Bu tola turi asosan tarkibida oqsil bo‘lgan maxsulot (sut) turlari va
ularning chiqindilarini qayta ishlash yo‘li bilan ishlab chiqariladi. Kazein tolasi koza ya’ni
echkini suti va uni chiqindilaridan ishlab chiqariladi. Asosan kazein tolasi Italiyada ishlab
chiqariladi va junga qo‘shib ishlatiladi.
Zein tolasi- AQSHda makkajo‘xori oqsilidan va uni chiqindilarini qayta ishlab zein
(vikara) tola ishlab chiqariladi. Bu tola turi jun, viskoza va ba’zi bir sintetik tolalarga qo‘shib
ishlatidi. Er yong‘oq oqsilidan tola olish usuli ham ma’lum. Go‘sht, konserva, baliq va tabiiy
ipak sanoati chiqindilaridan oqsil tolalarini olish yo‘llari ham ishlab chiqarilgan.