Jut-
tola olinuvchi bir yillik o‘simlik bo‘lib, biologik nuqtai nazardan qaraganda
kanopga o‘xshash, qator ko‘rsatkichlari bo‘yicha unga yaqindir. Jutning ham poyasi uzun (3-4
m) va yo‘g‘on (10-15 mm), tolalari ham kanop tolasi singari dag‘al, uning tolasidan ham
kanop tolasini ishlatish maqsadlari kabi foydalaniladi. Jut faqat issiq mamlakatlarda -
Hindiston, Pokiston va Bangladesh davlatlarida etishtiriladi.
Butun dunyoda etishtiriladigan jut tolasining 90 foizini shu davlatlar ishlab chiqaradi.
Jut tolasi kam miqdorda Xitoyda va Afrika davlatlarida etishtiriladi. Jut tolasi asosan arqon,
mebel, qop-gilam va boshqa texnikada qo‘llaniladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun
ishlatiladi.
Koyr-
bu tola turi asosan Xindiston mamlakatining ko‘plab xududlarida
etishtiriladi.
Malayalam
tilida arqon degan ma’noni anglatib, palma daraxti mevasi -
kokosning ustini qoplagan dag‘al qatlamdan olinadi. Tola bir qismining uzunligi 15-33 sm,
qalinligi 0,05—0,3 mm ni tashkil etadi. Tolaning devor qatlami sellyuloza moddasidan tashkil
topgan. Tolaning pishmagan xolatdagi ko‘rinishi yumshoq va oq tusli bo‘ladi. Tola
tarkibidagi lignin moddasi uni qattiq yog‘ochlanishiga olib keladi. Tolaning rangi och
qizg‘ish va jigarrang tusda bo‘ladi. Koyr tolasini olish uchun daraxt mevalari yig‘ib olinib,
ular dengiz yoki oddiy suvda 10 oygacha ivitiladi (achitiladi). SHundan so‘ng, mevadan qo‘l
yordamida tolasi ajratib olinadi. Eng uzun tolasi 25,4—30,5 sm ni, o‘rta tolasi uzunligi esa
20,3— 25,4 sm ni tashkil etadi. Yigirib olingan koyr iplaridan qalin va ingichka arqonlar,
kanatlar, baliqchilik sanoatida ishlatiladigan to‘rlarishlab chiqariladi. Uning nisbatan qalin
tolalaridan shyotka maxsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladi. Tola tarkibidagi lignin
moddasining ko‘pligi koyr tolasining mustaxkam bo‘lishini ta’minlaydi.
Xindistonning
Kerala
shtati tolaning jaxon bozorida 60 % ishlab chiqaradi. SHri-Lanka esa
tolaning 36 % qayta ishlaydi. Demak koyr tolasining 50 % dan ortig‘ini
Xindiston
ishlab
chiqaradi.
Dostları ilə paylaş: