Urganch davlat universiteti «yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari»



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/38
tarix13.12.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#175004
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38
Xom ashyoni yigirishga tayyorlash 22

Zig‘ir tolasi- 
xossalari jihatidan paxta tolalaridan farq qiladi. Ular pishiq, lekin dag‘al 
va yo‘g‘onroq bo‘ladi. Poya po‘stlog‘idan olinuvchi tolalar paxta tolalaridan uzunroq, lekin 
yaskash uzunligi bo‘yicha notekis bo‘ladi. 
Zig‘ir poyasidan yigirib olingan mayin iplardan sochiq, dasturxon, choyshab va yostiq 
jildlari, ko‘ylakbop hamda texnikada ishlatiluvchi gazlamalar ishlab chiqariladi, dag‘al 
iplardan esa qoplar, yo‘g‘on arqon va chilvirlar ishlab chiqariladi. 
Kanop tolasi 
- bir yillik, poyasidan tola olinuvchi, balandligi 3-5 m, poyasining 
yo‘g‘onligi 20 mm gacha bo‘lgan o‘simlik bo‘lib, u asosan bizning yurtimizda - 
O‘zbekistonda Toshkent viloyatidagina ekiladi va etishtiriladi. 
Kanop xorijiy mamlakatlarda, ya’ni Hindistonda, Eron va Afrika qit’asining ayrim 
mamlakatlarida o‘stiriladi. Kanop asosan qop-qanor gazlamalari va eshilgan buyumlar ishlab 
chiqarish uchun ishlatiladi. Buning sababi - uning tolasining dag‘alligidir. 
Tola olish uchun ekiladigan kanoplar asosan 10 apreldan 1 maygacha bo‘lgan 
muddatni o‘z ichiga oladi. 


Jut- 
tola olinuvchi bir yillik o‘simlik bo‘lib, biologik nuqtai nazardan qaraganda 
kanopga o‘xshash, qator ko‘rsatkichlari bo‘yicha unga yaqindir. Jutning ham poyasi uzun (3-4 
m) va yo‘g‘on (10-15 mm), tolalari ham kanop tolasi singari dag‘al, uning tolasidan ham 
kanop tolasini ishlatish maqsadlari kabi foydalaniladi. Jut faqat issiq mamlakatlarda - 
Hindiston, Pokiston va Bangladesh davlatlarida etishtiriladi. 
Butun dunyoda etishtiriladigan jut tolasining 90 foizini shu davlatlar ishlab chiqaradi. 
Jut tolasi kam miqdorda Xitoyda va Afrika davlatlarida etishtiriladi. Jut tolasi asosan arqon, 
mebel, qop-gilam va boshqa texnikada qo‘llaniladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun 
ishlatiladi. 
Koyr- 
bu tola turi asosan Xindiston mamlakatining ko‘plab xududlarida 
etishtiriladi. 
Malayalam 
tilida arqon degan ma’noni anglatib, palma daraxti mevasi - 
kokosning ustini qoplagan dag‘al qatlamdan olinadi. Tola bir qismining uzunligi 15-33 sm, 
qalinligi 0,05—0,3 mm ni tashkil etadi. Tolaning devor qatlami sellyuloza moddasidan tashkil 
topgan. Tolaning pishmagan xolatdagi ko‘rinishi yumshoq va oq tusli bo‘ladi. Tola 
tarkibidagi lignin moddasi uni qattiq yog‘ochlanishiga olib keladi. Tolaning rangi och 
qizg‘ish va jigarrang tusda bo‘ladi. Koyr tolasini olish uchun daraxt mevalari yig‘ib olinib, 
ular dengiz yoki oddiy suvda 10 oygacha ivitiladi (achitiladi). SHundan so‘ng, mevadan qo‘l 
yordamida tolasi ajratib olinadi. Eng uzun tolasi 25,4—30,5 sm ni, o‘rta tolasi uzunligi esa 
20,3— 25,4 sm ni tashkil etadi. Yigirib olingan koyr iplaridan qalin va ingichka arqonlar
kanatlar, baliqchilik sanoatida ishlatiladigan to‘rlarishlab chiqariladi. Uning nisbatan qalin 
tolalaridan shyotka maxsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladi. Tola tarkibidagi lignin 
moddasining ko‘pligi koyr tolasining mustaxkam bo‘lishini ta’minlaydi. 
Xindistonning 
Kerala 
shtati tolaning jaxon bozorida 60 % ishlab chiqaradi. SHri-Lanka esa 
tolaning 36 % qayta ishlaydi. Demak koyr tolasining 50 % dan ortig‘ini 
Xindiston 
ishlab 
chiqaradi. 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin