bilan, zavodda olinadigan jun so‘yilgan jonivorlarning terisidan shilib olish yo‘li bilan, qayta
tiklangan jun esa qiyqimlarni qayta ishlash usuli bilan olinadi.
Jun tolalari
paxta tolalaridan uzun, pishiqligi past lekin qayishqoqroq bo‘ladi. SHu
sababli jun gazlamalar qator qimmatli xossalarga ega, ya’ni g‘ijimlanishi kam, emirilishga
chidamli va buramabopligi yaxshi. Jun tolalaridan yigirilgan iplardan ko‘ylak, kostyum, palto
bop matolar, gilam, va boshqa mahsulotlar olinadi.
Ipak
-
ipak qurti o‘ragan pillani chuvishdan olinuvchi ingichka ip bo‘lib,
nafis shoyi
gazlamalar olishga ishlatiladi. Ipak qurtini boqish, ularni oziqlantirish
uchun tut daraxtlari
o‘stiriladi. Bu esa sermehnat va murakkab ishdir. SHuning uchun tabiiy ipak to‘qimachilik
sanoatida eng qiymat xom ashyo hisoblanadi. Ipakdan chiroyli engil va texnikada
ishlatiluvchi gazlamalar ishlab chiqariladi.