Международный
научный
журнал
№
4 (100),
часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
ноябрь
, 2022
г
896
FUNKSIONAL TENGLAMALAR
Dilobar Rahmonova No'manjon qizi
Andijon viloyati Izboskan tuman
12-umumiy o'rta ta'lim maktabi Matematika fani o'qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada
matematikada eng asosiy xususiyat — qatʼiy
mantiqiy mushohada, degan gʻoya vujudga kelgani haqida, Maktabda matematikasida
o'rganiladigan tenglamalarni yechishning asosiy maqsadi bazi-bir noma'lum o'zgaruvchi
miqdorning sonli qiymatlarini topishdan iborat ekanligi haqida so`z boradi.
Kalit so`zlar:
matematika, algebra, geometriya, sanoq, qiymat, tenglama, noma`lum
son, mantiqiy, mushohada.
Matematika
(yun.
thematike,
mathema —
bilim,
fan) —
aniq mantiqiy mushohadalarga asoslangan bilimlar haqidagi fan. Dastlabki obʼyekti sanoq
boʻlgani uchun koʻpincha unga „hisob-kitob haqidagi fan“ deb qaralgan (bugungi
matematikada hisoblashlar, hatto formulalar ustidagi amallar juda kichik oʻrin egallaydi).
Matematika eng qadimiy fanlardan biri boʻlib, uzoq rivojlanish tarixini bosib oʻtgan va
buning barobarida „matematika nima?“ degan savolga javob ham oʻzgarib, chuqurlashib
borgan. Yunonistonda matematika deganda geometriya tushunilgan. IX-XIII asrlarda
matematika
tushunchasini algebra va trigonometriya kengaytirgan.
17—18-asrlarda
matematikada analitik
geometriya, differensial va integral
hisob asosiy
oʻrinni
egallaganidan soʻng, to XX asr boshlarigacha u „miqdoriy munosabatlar va fazoviy shakllar
haqidagi fan“ mazmunida taʼriflangan. XIX asr oxiri
va XX asr boshlarida turli
geometriyalar
(Lobachevskiy
geometriyasi, proyektiv
geometriya, Riman
geometriyasi kabi), algebralar (Bul algebrasi, kvaternionlar algebrasi, Keli algebrasi kabi),
cheksiz oʻlchovli fazolar kabi mazmunan juda xilma-xil, koʻpincha sunʼiy tabiatli obʼyektlar
oʻrganila boshlanishi bilan matematikaning yuqoridagi taʼrifi oʻta tor boʻlib qolgan. Bu
davrda matematik mantiq va toʻplamlar nazariyasi asosida oʻziga
xos mushohada uslubi
hamda tili shakllanishi natijasida matematikada eng asosiy xususiyat — qatʼiy mantiqiy
mushohada, degan gʻoya vujudga keldi (J. Peano, G. Frege, B. Rassel, D. Xilbert). XX asr
oʻrtalarida Burbaki taxallusi ostida matematika taʼrifini qayta koʻrib
chiqqan bir
guruh fransuz matematiklari bu gʻoyani rivojlantirib, „Matematika — matematik
strukturalar haqidagi fan“ degan taʼrif kiritdi. Bu yondashuv avvalgi taʼriflarga koʻra
kengroq va aniqroq boʻlsada, baribir cheklangan edi — strukturalar oʻrtasidagi
munosabatlar (masalan, matematika, turkumlar nazariyasi, algebraik topologiya), amaliy
hamda
tatbiqiy nazariyalar, xususan, fizika, texnika va ijtimoiy fanlarda matematik
modellar bu taʼrif doirasiga sigʻavermas edi. Soʻnggi asrda xilma-xil matematik obʼyektlar
orasida juda chuqur munosabatlar mavjudligi va aynan shunga asoslangan natijalar
Matematikaning bundan keyingi taraqqiyotida asosiy oʻrinni egallashini koʻrsatmoqda.