O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta masxus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti u. V. G‘afurov, M. Sh. Xalilov, Sh. Boymurodov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175097
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   81
1 Ўкув КУЛЛАНМА ЛОТИН Davlat Iqt va Siyosati qayta ishlangan OHIRGI (1)

 
 


122 
13.1-jadval. 
 
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lashdan ozod 
qilish 
(Soliq kodeksining 180-moddasi) 
 
To‘lig‘icha
 
Qisman
xorijiy 
davlatlar 
diplomatik 
vakolatxonalarining boshliqlari va 
xodimlari, konsullik muassasalarining 
mansabdor shaxslari, ularning o‘zlari 
bilan birga yashaydigan oila a’zolari, 
agar ular O‘zbekiston 
daromad olingan 
har bir oy uchun eng kam 
ish haqining to‘rt baravari 
miqdoridagi daromadlar 
bo‘yicha 
2. Soliqqa tortiladigan iqtisodiy faoliyatni qasddan deklaratsiya 
qilmaslik. 
Deklaratsiyalash jismoniy shaxs o‘tgan yilda olgan barcha daromadlarini, 
shuningdek ulardan to‘langan soliqlarni qayd etishni nazarda tutadi. 
Deklaratsiyadagi ma’lumotlar to‘lov manbai buxgalteriyasi tomonidan berilgan 
oylar bo‘yicha hisoblangan daromadlar Rasshifrovkasi bilan birga To‘langan 
daromadlar va ushlab qolingan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 
summalari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma asosida aks ettiriladi.
Dividendlar tarzidagi daromadlarni deklaratsiyada aks ettirish. 
Dividendlar mulkiy daromadga kiradi va jismoniy shaxsning jami daromadiga 
kiritiladi. Dividendlardan soliqni to‘lov manbai 10%lik stavkada ushlab qoladi. 
Jismoniy shaxslarning dividendlar tarzida olingan va dividend to‘lagan 
yuridik shaxsning ustav fondiga yo‘naltirilgan daromadlari soliq solishdan ozod 
qilingan (Soliq kodeksining 179-moddasi ¬19-bandi). Ushbu imtiyoz o‘tgan 
yillarning taqsimlanmagan foydasi ustav fondini (kapitalini) ko‘paytirishga 
yo‘naltirilganda qo‘shimcha aksiyalarning qiymati yoki aksiyalarning nominal 
qiymatini ko‘paytirish tariqasida olingan daromadlarga ham tatbiq etiladi. Imtiyoz 
qo‘llanganda soliq solinmaydigan daromad summasi deklaratsiyaning II bo‘limi 12-
bandi «d» kichik bandida ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. 
Deklaratsiyada dividendlar tarzidagi daromadlar va ulardan ushlab qolingan 
soliqlar to‘lov manbaidan qat’i nazar deklaratsiyaning I bo‘limi 6-bandida qayd 
etilgan bo‘lishi lozim. Shuningdek imtiyozlar – soliq solinadigan daromad 
bo‘lmaganda ham ular jami daromadning umumiy summasi tarkibida III bo‘limning 
jadvalida ko‘rsatiladi. Dividendlardan ushlab qolingan soliq summasi hisoblangan 


123 
va to‘langan soliqning umumiy summasida ko‘rsatiladi. Imtiyoz qo‘llanishi sababli 
dividendlardan soliq ushlanmagan hollarda III bo‘limning jadvalida ularning 
summasi faqat jami daromad va undan chegirmalar tarkibida ko‘rsatiladi. 
Yurtimizda aholining real daromadlarini ko‘paytirish va uni erkin tasarruf 
etish uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Jumladan, amaldagi mehnat 
qonunchiligiga ko‘ra, jismoniy shaxslar asosiy ish joyidan tashqari, boshqa korxona 
yoki tashkilotda o‘rindoshlik asosida, shuningdek, o‘ziga tegishli mol-mulkni 
ijaraga berish, qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyatlar bilan shug‘ullanib, 
cheklanmagan miqdorda daromad olishlari mumkin. 
Bu daromad esa deklaratsiya asosida soliqqa tortilib, u O‘zbekiston 
Respublikasi Soliq kodeksi hamda boshqa qonun hujjatlarida belgilangan me’yorlar 
asosida tartibga solinadi. 
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining Soliq kodeksining 189-
moddasida qayd etilgan daromadlariga deklaratsiya asosida soliq solinadi. Mulkiy, 
fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun 
mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar, asosiy bo‘lmagan ish joyidan moddiy 
naf tarzida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi, ya’ni 
soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan ko‘rilgan daromadlar shular sirasiga kiradi. 
Jismoniy shaxslar ushbu daromadlari bo‘yicha jami yillik deklaratsiyani 
doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga hisobot yilidan keyingi 
yilning 1 aprelidan kechiktirmay taqdim etishi lozim. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, 
agar jismoniy shaxsning asosiy bo‘lmagan ish joyidan olgan daromadidan, uning 
arizasiga ko‘ra, eng yuqori stavkada soliq ushlab qolingan bo‘lsa, deklaratsiya 
taqdim etilmaydi. 
Mol-mulkini ijaraga berish orqali daromad olayotgan jismoniy shaxslar esa 
bunday daromad paydo bo‘lgan kundan boshlab birinchi oydan so‘ng besh kun 
ichida dastlabki deklaratsiyani topshirishi kerak. Agar mol-mulkni ijaraga berishdan 
daromad olish tugasa, bu haqda doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati 
organini yozma ravishda xabardor qilishi shart. 
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 574, 603-
moddalari hamda Uy-joy kodeksining 86-moddasida fuqarolar o‘rtasida tuzilgan 
ko‘chmas mulkni — uy-joyni va noturarjoyni ijaraga berish shartnomasi notarial 
tasdiqlanishi shartligi belgilab qo‘yilgan. Ijara shartnomasining bo‘lmasligi yoxud 
uning majburiy notarial tasdiqlanishiga rioya qilmaslik O‘zbekiston Respublikasi 
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1591-moddasiga muvofiq, eng kam 
ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab 
bo‘ladi. 
Jismoniy shaxslar daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida hisoblab 
chiqarilgan daromad solig‘ini o‘tgan soliq davridan keyingi yilning 1 iyunidan 
kechiktirmay to‘lashlari kerak. 
Daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani o‘z vaqtida taqdim etmagan yoki uni 
atayin noto‘g‘ri to‘ldirgan fuqarolarga nisbatan esa, Ma’muriy javobgarlik 
to‘g‘risidagi kodeksga binoan, eng kam ish haqining bir baravaridan uch 
baravarigacha miqdorda jarima qo‘llaniladi. 


124 
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 181-moddasiga ko‘ra, mol-
mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga jismoniy shaxslardan olinadigan 
daromad solig‘ining belgilangan eng kam stavkasi bo‘yicha soliq solinadi. Joriy 
yilda bu stavka 7,5 foiz etib belgilangan. 
Shu bilan birga, amaldagi qonunchilikda jismoniy shaxslar tomonidan 
turarjoylarni ketma-ket keladigan o‘n ikki oylik davr ichida bir martadan ortiq 
realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlariga ham soliq solinishi qayd etilgan. 
O‘n ikki oylik davr esa turarjoyning birinchi marta realizatsiya qilingan sanasidan 
boshlab hisoblanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin