3
KIRISH
Mamlakatimizda barqaror va demokratik bozor iqtisodiyotini shakllantirish
ko‘p jabhalardagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni taqozo etmoqda. Jamiyatdagi
yangilanish va o‘zgarishlarning pirovard natijasi ko‘p jihatdan fuqarolarning mazkur
jarayonlardagi ongli va faol ishtirokiga, amalga oshirilayotgan islohotlarning
mazmun-mohiyatini chuqur anglashga bog‘liq bo‘lib, ularni tushuntirishda iqtisodiy
fanlarning roli beqiyosdir.
Ma’lumki, bugungi kunda iqtisodiy hodisa va jarayonlar, ularni maqsadga
muvofiq tartibga solish, rivojlanish tendensiyalarini aniqlash va tushuntirib berishga
xizmat qiluvchi ko‘plab iqtisodiy fanlar mavjud. Ko‘p hollarda o‘quvchilar, talaba
va tadqiqotchilar, olim va mutaxassislar bu boradagi nazariy va amaliy
ma’lumotlarga tayangan holda o‘zlari uchun tegishli xulosalar chiqaradilar, zarur
hollarda, xo‘jalik qarorlarini qabul qiladilar.
Hozirda ko‘plab nazariy ahamiyatdagi fanlar bilan bir qatorda amaliyotga,
xususan, tajriba orqali chiqariluvchi qoida va xulosalarga tayanuvchi fanlarga
ehtiyoj ortib bormoqda. Iqtisodiyot sohasidagi shunday fanlardan biri “Empirik
iqtisodiyot” fani hisoblanadi. Mazkur fan rivojlanish iqtisodiyotining asosiy
muammolari, jumladan, sog'liqni saqlash, ta'lim, mehnat sharoitlari, ichki va xalqaro
siyosat, bozor sharoitlari kabi jihatlarni rivojlanayotgan mamlakatlar amaliyoti va
tajribalari asosida o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Mazkur fan barqaror iqtisodiyotni
shakllantirish yo‘lidagi asosiy chora-tadbirlar yo‘nalishlarini ko‘rsatib berish bilan
bir qatorda talabalarda bunyodkorlik g‘oyalarini shakllantirish, ma’naviy
dunyoqarashini kengaytirish, iqtisodiy madaniyatini oshirishga ham xizmat qiladi.
Shuning uchun magistratura talabalari uchun “Empirik iqtisodiyot” fanidan o‘quv
qo‘llanmaning tayyorlanishi ham bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu o‘quv qo‘llanmaning tarkibiy tuzilishi jihatidan puxtaligi, fanning
barcha asosiy mavzu-muammolarini qamrab olishi, ularning yoritilishidagi
izchilligiga ham asoslangan. Jumladan, o‘quv qo‘llanmada iqtisodiy farovonlik,
iqtisodiy o‘sish, tarixiy istiqbolda iqtisodiy o‘sish nazariyasi, qashshoqlik, tengsizlik
va zaiflik, iste’mol, vaqtni taqsimlash va ishlab chiqarishni tanlash, uy xo‘jaligi,
mahalliy tovarlar va xizmatlar, ishchi kuchi bozori, investitsiya va moliyaviy
bozorlar, xalqaro bozorlar va umumiy muvozanat, institut va korporatsiyalar,
siyosat, boshqaruv va siyosiy iqtisod, maqsadli uzatish dasturlari, qishloq xo‘jaligiga
bozor aralashuvi va islohotlar, infratuzilma siyosati va dasturlari, ta’lim, qishloq
xo‘jaligini tadqiq qilish va kengaytirish, mikromoliya, jamoat salomatligi, sog‘liqni
saqlash kabi masalalar alohida mavzular doirasida bayon etilgan.Ushbu o‘quv
qo‘llanma yangi davlat standarti talablari bo‘yicha tuzilgan va Respublika
muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan yangi namunaviy o‘quv
dasturi asosida yozildi. Unda dasturdagi barcha mavzular qamrab olingan. Asosiy
iqtisodiy tushunchalarni soddaroq qilib, oddiy tilda misollar, jadvallar, grafiklar
asosida tushuntirishga harakat qilingan.
Ushbu o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda o‘qitishning yangi pedagogik va
informatsion texnologiyalar talablari va xususiyatlari hisobga olinib, har bir
4
mavzudan keyin asosiy tayanch tushunchalar va atamalar, shuningdek takrorlash va
munozara uchun savollar ham berildi.
“Davlat iqtisodiyoti va siyosati” fani bo‘yicha mazkur o‘quv qo‘llanma asosan
5A230101 – Iqtisodiy nazariya mutaxassisligi bo‘yicha magistratura talabalari
uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan iqtisodiy yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlari
o‘qituvchi va talabalari, aspirantlar va iqtisodiyot nazariyasi sohasidagi bilimlarga
qiziquvchi barcha kitobxonlar ham foydalanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |