5
1-MAVZU: DAVLATNING IQTISODIY SIYOSATIGA KIRISH
1. Davlatning iqtisodiy siyosati kursining dolzarbligi, maqsadi.
2. Davlatning iqtisodiy siyosati ta’riflari va ko‘nikmalari.
3. Davlatning iqtisodiy funksiyalari.
1. Davlatning iqtisodiy siyosati kursining dolzarbligi, maqsadi.
Iqtisodiyotning qonun-qoidalariga amal qilish iqtisodiy siyosat orqali yuz
beradi, chunki bularni anglagan holda iqtisodiyot rivojiga oid chora-tadbirlar ishlab
chiqiladi va bular iqtisodiyotga ta’sir etmay qolmaydi.
Iqtisodiy siyosat – bu iqtisodiyot sub’ektlarining o‘z faoliyatiga oid yo‘l-
yo‘riqlari va sa’y-harakatlarining majmuidir. Har bir iqtisodiyot ishtirokchisining,
bu xonadonmi, firmami yoki davlatmi buning farqi yo‘q, o‘z manfaatlari bor. Bu
manfaatlar amaliyotda aniq maqsad shakliga kiradi, iqtisodiy siyosat esa uni amalga
oshirishga qaratiladi. Xonadonning maqsadi o‘z iste’molini maksimumlashtirish va
kelajakni ta’minlash uchun jamg‘arma hosil etishdir. Firmaning maqsadi esa foydani
maksimumlashtirish va iqtisodiy jihatdan barqarorligini ta’minlashdir.
Davlatning
maqsadi esa, milliy iqtisodiyotning barqaror o‘sishini va shu asosda xalq
farovonligini ta’minlashdan iborat.
Bozor xoʼjaligi sharoitida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish
qonunchilik, ijro etish va nazorat qilish xususiyatidagi
tadbirlar tizimidan iborat
boʼladi. Hozirgi sharoitda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish takror
ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bir qator vazifalarni hal qilishga qaratiladi. Bular
jumlasiga iqtisodiy oʼsishni ragʼbatlantirish, bandlikni tartibga solish,
tarmoq va
mintaqaviy tuzilmalardagi ijobiy siljishlarni qoʼllab-quvvatlash, eksportni himoya
qilish kabilarni kiritish mumkin.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmi toʼgʼrisida toʼlaroq
tasavvurga ega boʼlishi uchun uning maqsadi, vazifalari va tartibga solish usullari
hamda vosita yoki dastaklarini toʼlaroq tavsiflash lozim.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadi iqtisodiy va
ijtimoiy barqarorlikni taʼminlash, mavjud tuzumni mamlakat ichida va xalqaro
maydonda mustahkamlash va uni oʼzgarib turuvchi sharoitga moslashtirish
hisoblanadi. Bu asosiy maqsaddan bir qator aniq maqsadlar kelib chiqadi. Ular
jumlasiga iqtisodiy
siklni barqarorlashtirish; milliy xoʼjaliklarning tarmoq va
mintaqaviy tuzilishini takomillashtirish, atrof-muhit holatini
yaxshilash kabilarni
kiritish mumkin. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi uning
vazifalarida aniq namoyon boʼladi. Bozor xoʼjaligi sharoitida davlatning iqtisodiy
vazifalari asosan bozor tizimining amal qilishini yengillashtirish va himoya qilish
maqsadiga ega boʼladi. Bu sohadagi davlatning iqtisodiy vazifalaridan quyidagi ikki
turini ajratib koʼrsatish mumkin:
1) bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tugʼdiruvchi huquqiy asos
va ijtimoiy muhitni taʼminlash;
2) raqobatni himoya qilish.
6
Davlatning boshqa vazifalari iqtisodiyotni tartibga solishning umumiy
tamoyillaridan kelib chiqadi. Bu yerda davlatning uchta vazifasi alohida ahamiyatga
ega:
1) daromad va boylikni qayta taqsimlash;
2)
resurslarni qayta taqsimlash;
3) iqtisodiyotni barqarorlashtirish, yaʼni iqtisodiy tebranishlar vujudga
keltiradigan inflyatsiya va bandlilik darajasi ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy
oʼsishni ragʼbatlantirish.
Davlat bozor iqtisodiyotining samarali amal
qilishining shart-sharoiti
hisoblangan huquqiy asosni taʼminlash vazifalarini oʼz zimmasiga oladi. Bozor
iqtisodiyoti uchun zarur boʼlgan huquqiy asosni taʼminlash quyidagi tadbirlarning
amalga oshirilishini taqozo qiladi: xususiy korxonalarning huquqiy mavqeini
mustahkamlash; xususiy mulkchilik huquqini taʼminlash
va shartnomalarga amal
qilishni kafolatlash; korxonalar, resurslarni yetkazib beruvchilar va isteʼmolchilar
oʼrtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonuniy bitimlarni
ishlab chiqish va
boshqalar. Oʼzbekiston Respublikasining «Korxonalar toʼgʼrisida», «Tadbirkorlik
faoliyati toʼgʼrisida» va «Аktsionerlik jamiyatlari toʼgʼrisida»gi qonunlari hamda
ularga kiritilgan qoʼshimcha va tuzatishlar, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish boʼyicha tadbirlari bozor iqtisodiyoti uchun zarur huquqiy asosni
taʼminlashga qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: