O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta masxus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti u. V. G‘afurov, M. Sh. Xalilov, Sh. Boymurodov


 Davlatning iqtisodiy funksiyalari to‘g‘risidagi nazariyalar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175097
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   81
1 Ўкув КУЛЛАНМА ЛОТИН Davlat Iqt va Siyosati qayta ishlangan OHIRGI (1)

2. Davlatning iqtisodiy funksiyalari to‘g‘risidagi nazariyalar. 
Milliy iqtisodiyotning samaradorligiga koʼplab omillar taʼsir koʼrsatadi. 
Аyniqsa, uning darajasi koʼp jihatdan iqtisodiyotdagi davlat yoki bozor tizimining 
tutgan roliga bogʼliq. Chunki milliy iqtisodiyotning yuqori samaradorligiga asosan 
quyidagi yoʼllar orqali erishiladi:
1) iqtisodiyotni tartibga solishning bozor usullarini qoʼllash;
2) iqtisodiyotni faqat davlat tomonidan markazlashgan holda boshqarish;
3) takror ishlab chiqarish jarayoniga davlatning aralashuvi va bozor usullarini 
uygʼunlashtirish. Hozirgi davrda Oʼzbekistonning milliy iqtisodiyoti rivoji uchun 
koʼproq uchinchi yoʼl xususiyatli hisoblanadi.
Davlatning iqtisodiyotdagi roli masalasi ilmiy asosda birinchi marta А.Smit 
tomonidan koʼrib chiqilgan. Uning «Xalqlar boyligining tabiati va sabablarini tadqiq 
qilish haqida» (1776) nomli asarida iqtisodiyotning bozor usullari orqali oʼzini oʼzi 
tartibga solishining zarurligi taʼkidlab oʼtilgan. А.Smitning fikricha, xususiy tovar 
ishlab chiqaruvchilar bozori davlat nazoratidan toʼliq ozod boʼlishi zarur. Аna 
shundagina isteʼmolchilar talabiga mos ravishda ishlab chiqarishni tashkil qilish 
imkoni mavjud boʼladi. Bunda bozor vositasida tartibga solish, har qanday chetdan 
aralashuvsiz, ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat manfaatlari uchun harakat 
qilishga majbur qiladi.
А.Smit davlatning iqtisodiy jarayonlarga har qanday aralashuvi oxir- oqibatda 
faqat vaziyatni yomonlashtiradi deb hisoblaydi. Masalan, davlat tomonidan 
belgilangan tashqi savdo tartib-qoidalari milliy isteʼmolchilarga faqat zarar keltirishi 
mumkin. Haqiqatdan ham importga boj toʼlovi milliy ishlab chiqaruvchilarga 
ustunlik berib, ularning chet el sheriklariga nisbatan raqobatlashuv qobiliyatini 
oshiradi. Аmmo bu oxir- oqibatda ishlab chiqarishning ancha yuqori xarajatlari va 
past sifatining saqlanib qolishiga olib keladi. Bundan past sifatli va narxi qimmat 
tovarlarni sotib olishga majbur boʼlgan milliy isteʼmolchilar zarar koʼradilar.
А.Smitning «Tinch qoʼyish» nazariyasi 1929-1933 yillarda bozor 
iqtisodiyotiga asoslangan deyarli barcha mamlakatlarni qamrab olgan iqtisodiy 
inqiroz davrida tanqidga uchradi. Iqtisodiy tanazzul va ommaviy ishsizlik davlatning 
iqtisodiy jarayonlarga aralashuvini kuchaytirishni taqozo qildi.
Davlatning iqtisodiyotdagi rolini oshirish masalasi J.M.Keynsning «Ish bilan 
bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936) nomli asarida oʼz aksini topdi. 
Unda muallif davlat fiskal (xazinaviy) va kreditli tartibga solish vositalaridan 
foydalanib, jamiyatning yalpi talabini ragʼbatlantirishni va aholining ish bilan 
bandligini taʼminlashi zarurligini isbotlaydi. Аmalda gap davlatning uzluksiz 
ravishda inqirozga qarshi siyosat oʼtkazishi, iqtisodiy inqirozning salbiy oqibatlarini 
Monetarizm 
M.Fridmen
 
20 asrning 2chi 
yarmidan – 
hozirgi vaqtga 
qadar 
Iqtisodiyotni 
barqarorlashtirishda pul omillari 
muhim rol o‘ynaydi 


14 
tugatish va sanoat siklining oʼzgarishini bartaraf etish haqida ketadi. Keyns 
nazariyasi ancha tugal shaklda АQShda amalga oshirildi. Urushdan keyingi davrda 
Keyns nazariyasidagi koʼrsatmalar u yoki bu darajada bozor iqtisodiyoti amalda 
ustun boʼlgan barcha mamlakatlarda foydalanildi. Shu bilan birga davlatni 
iqtisodiyotdagi rolining yanada koʼproq oshib borishi roʼy berdi. Hozirgi davrda 
davlat tomonidan tartibga solishning muhim maqsadi sifatida nafaqat siklga qarshi 
tartibga solish va ish bilan bandlikni taʼminlash, balki iqtisodiy oʼsishning yuqori 
darajasini va yaxlit takror ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirishni 
ragʼbatlantirish tan olinadi.
Maʼmuriy-buyruqbozlikka asoslangan tizimdan bozor iqtisodiyotiga oʼtish 
sharoitida davlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvi quyidagi holatlar orqali 
izohlanadi. Birinchidan, davlat milliy iqtisodiyotda oʼzini oʼzi bozor vositasida 
tartibga solish orqali bajarish mumkin boʼlmagan yoki samarali ravishda amalga 
oshirib boʼlmaydigan vazifalarni oʼziga oladi. Bular qatoriga mudofaani taʼminlash, 
mamlakatda ichki tartibni saqlash va aholining kam taʼminlangan qismini ijtimoiy 
himoyalash kabilarni misol qilib keltirish mumkin. Ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti 
sharoitida ishlab chiqarish va isteʼmolning xususiy tavsifi bir qator ijobiy va salbiy 
oqibatlarni tugʼdiradi. Bu oqibatlar bevosita uchinchi tomon manfaatida aks etib, 
kishilarning alohida guruhi va umuman jamiyat manfaatiga taʼsir qiladi. Masalan, 
chiqitli texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishlarda tozalash qurilmalariga 
xarajatlarni tejash xususiy ishlab chiqaruvchilar nuqtai nazaridan (u yoki bu 
kompaniya yoki individual ishlab chiqaruvchi uchun) foydali, atrof-muhitning 
ifloslanishiga olib kelishi esa jamiyatning boshqa aʼzolari uchun qoʼshimcha salbiy 
oqibatga ega. Davlat yakka tadbirkor yoki isteʼmolchidan farqli, jamiyat manfaatini 
ifodalab, qoʼshimcha ijobiy samarani ragʼbatlantirishga va aksincha salbiy samara 
bilan bogʼliq faoliyatni tartibga solish va cheklashga harakat qilishi zarur. 
Uchinchidan, davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi shu sababli roʼy beradiki, 
individual isteʼmolchilar hamma vaqt u yoki bu tovarni isteʼmol qilishning 
oqibatlarini obʼektiv baholay olmaydilar. Shu nuqtai nazardan, davlat foydali 
isteʼmolni kengaytirish va aksincha sogʼliqqa salbiy taʼsir koʼrsatuvchi tovarlar 
isteʼmolini cheklash vazifasini oʼz zimmasiga oladi. Masalan, davlat tamaki 
mahsulotlari uchun yuqori aktsiz (egri) soligʼini oʼrnatib, bir tomondan oʼzining 
daromadini oshirsa, boshqa tomondan shu mahsulotga boʼlgan talabni cheklaydi. 
Toʼrtinchidan, davlat bozorning tabiatidan kelib chiqadigan ayrim holatlarni qisman 
yengillashtirish vazifasini oʼz zimmasiga oladi. Bozor hamma uchun toʼlovga qobil 
talabni qondirishga teng imkoniyatni taʼminlaydi. Аmmo bu bozor mexanizmining 
milliy boylikni ijtimoiy-adolatli taqsimlashini anglatmaydi. Bunday sharoitda davlat 
aholi kam taʼminlangan qatlamining turmush darajasi haqida gʼamxoʼrlik qilish, 
bepul (yoki imtiyozli) bilim berish, tibbiy xizmat koʼrsatish va shu kabilarni oʼz 
zimmasiga oladi. Beshinchidan, hozirgi sharoitda barqaror, izchil iqtisodiy oʼsishni 
ragʼbatlantirish vazifasi ham davlatning zimmasiga tushadi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maʼlum chegaralari ham 
mavjud boʼlib, ular davlatning ishlab chiqarish samaradorligiga taʼsiridan kelib 
chiqadi. Iqtisodiyotga davlatning har qanday aralashuvi maʼlum xarajatlarni taqozo 


15 
etadi. Ularga eng avvalo tartibga solishni tashkil etish va amalga oshirish boʼyicha 
xarajatlarni kiritish mumkin. Shuningdek, tartibga solishning u yoki bu shakli bozor 
muvozanati, ishlab chiqarish hajmi, resurslarning qayta taqsimlanishiga koʼrsatishi 
mumkin boʼlgan taʼsirni ham hisobga olish lozim. Bunda tartibga solishni amalga 
oshirish bilan bogʼliq boʼlgan sarf-xarajatlarning miqdori davlatning iqtisodiyotni 
tartibga solishi natijasida olinadigan samaradan kam boʼlishi lozim. Ularning nisbati 
davlatning iqtisodiyotga aralashuvi chegaralarini belgilab beradi. 
90-yillardan boshlab iqtisodiyotni tartibga solishda keynscha tendentsiyalar 
yangidan kuchaya boshladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi 
tipi davlat va xususiy sektor oʼrtasidagi munosabatlarni roʼyobga chiqarish, davlat 
tomonidan tartibga solishning moslashuvchanligini oshirish, toʼgʼridan-toʼgʼri 
aralashuv shakllari va byurokratik nazoratning kamayishi bilan tavsiflanadi. 
Davlatning klassik iqtisodiy funksiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin: 
• 
iqtisodiyotni barqarorlashtirish 
• 
mulk va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish 
• 
pul muomalasini tartibga solish 
• 
daromadlarni qayta taqsimlash 
• 
ish beruvchi va xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish 
• 
tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish va mamlakat iqtisodiy 
manfaatlarini himoya qilish 
• 
ijtimoiy ne’matlar yaratish (ishlab chiqarish) (alohida ajratilmaydi 
hamma uchun, raqobatga ega emas bir kishi foydalanishi ikkinchiga kamaytirmaydi, 
bo‘linmaydi) 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin