1-topshiriq Iqtisodiy sohani boshqarish va tartibga solishning ma’muriy va iqtisodiy usullari va vositalari



Yüklə 28,27 Kb.
səhifə1/5
tarix21.06.2023
ölçüsü28,27 Kb.
#133563
  1   2   3   4   5
2-topshiriq


1-topshiriq Iqtisodiy sohani boshqarish va tartibga solishning ma’muriy va iqtisodiy usullari va vositalari .
Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan tizimdan bozor iqtisodiyotiga o‘tish
sharoitida davlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvi quyidagi holatlar orqali
izohlanadi. Birinchidan, davlat o‘ziga milliy iqtisodiyotda bozor vositasida o‘zinio‘zi tartibga solish orqali bajarish mumkin bo‘lmagan yoki samarali ravishda amalga
oshirib bo‘lmaydigan vazifalarni oladi. Ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida
ishlab chiqarish va iste’molning xususiy tavsifi bir qator ijobiy va salbiy oqibatlarni
tug‘diradi. Davlat yakka tadbirkor yoki iste’molchidan farqli, jamiyat manfaatini
ifodalab, qo‘shimcha ijobiy samarani rag‘batlantirishga va aksincha salbiy samara
bilan bog‘liq faoliyatni tartibga solishi va cheklashga harakat qilishi zarur.
Uchinchidan, davlatning iqtisodiy jarayonlariga aralashuvi shu sababli ro‘y
beradiki, individual iste’molchilar hamma vaqt u yoki bu tovarni iste’mol qilishning
oqibatlarini ob’ektiv baholay olmaydi. Shu nuqtai nazardan, davlat foydali
iste’molni kengaytirish va aksincha sog‘liqqa salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi tovarlar
iste’molini cheklash vazifasini o‘z zimmasiga oladi. To‘rtinchidan, davlat o‘z
zimmasiga bozorning tabiatidan kelib chiqadigan ayrim holatlarni qisman
yengillashtirish vazifasini oladi. Beshinchidan, hozirgi sharoitda barqaror, izchil
iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish vazifasi ham davlatning zimmasiga tushadi .
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ma’lum chegaralari ham
mavjud bo‘lib, ular davlatning ishlab chiqarish samaradorligiga ta’siridan kelib
chiqadi. Iqtisodiyotga davlatning har qanday aralashuvi ma’lum xarajatlarni taqozo
etadi. Ularga eng avvalo tartibga solishni tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha
xarajatlarni kiritish mumkin. Shuningdek, tartibga solishning u yoki bu shakli bozor
muvozanati, ishlab chiqarish hajmi, resurslarning qayta taqsimlanishiga ko‘rsatishi
mumkin bo‘lgan ta’sirni ham hisobga olish lozim. Bunda tartibga solishni amalga
oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlarning miqdori davlatning iqtisodiyotni
tartibga solishi natijasida olinadigan samaradan kam bo‘lishi lozim. Ularning nisbati
davlatning iqtisodiyotga aralashuvi chegaralarini belgilab beradi .


Yüklə 28,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin