O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta masxus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti u. V. G‘afurov, M. Sh. Xalilov, Sh. Boymurodov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175097
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
1 Ўкув КУЛЛАНМА ЛОТИН Davlat Iqt va Siyosati qayta ishlangan OHIRGI (1)

Asosiy tayanch tushunchalar 
 
Iqtisodiy siyosat – bu iqtisodiyot sub’ektlarining o‘z faoliyatiga oid yo‘l-
yo‘riqlari va sa’y-harakatlarining majmuidir.
Davlatning siyosati – bu makroiqtisodiy siyosat bo‘lib, uning muayyan 
mamlakatning milliy iqtisodiga taalluqli yo‘l-yo‘riqlari va ulardan kelib chiqadigan 
sa’y-harakatlaridan iboratdir.
Iqtisodiy siyosatning strategik maqsadi – milliy iqtisodiyotning istiqbolini 
ta’minlash, ya’ni uni uzoq kelajakda o‘sib borishiga sharoit hozirlash.
Iqtisodiy siyosatning taktik maqsadi – strategik maqsadlardan kelib chiquvchi 
va ularga xizmat qiladigan qisqa vaqtdagi, ya’ni juz’iy maqsadlar. 
Davlat siyosatining iqtisodiy vositalari – soliqlar, subsidiyalar, litsenziyalar, 
eksport kvotalari, uchyot stavkalari, davlat buyurtmalari, davlat investitsiyalari, 
transfertlar, turli iqtisodiy sanksiyalar (jazolash vositalari). 
Davlat siyosatining siyosiy-ma’muriy vositalari – davlat siyosatiga rioya 
etilishini o‘z organlari kuchi bilan ta’minlashi.
Davlatning iqtisodiy siyosati – bu makroiqtisodiy siyosat bo‘lib, uning 
muayyan mamlakatning milliy iqtisodiga oid puxta o‘ylangan va ishlab chiqilgan 
yo‘l-yo‘riqlari va ulardan kelib chiqadigan sa’y-harakatlaridir.
Monetar siyosat – bu davlatning pul-kredit siyosati bo‘lib, pul muomalasini 
tartiblash, tovar va pul massasi o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash, iqtisodiyotdagi 
pul oqimlarini boshqarib turish siyosati hisoblanadi.


10 
Qattiq monetar siyosat – iqtisodiyotni tanglikdan chiqarish yoki inflyatsiyani 
keskin susaytirish uchun qo‘llaniluvchi, pul massasini qisqartirish, uning emissiya 
(pul chiqarish) hisobidan o‘sishini qat’iy chegaralash.
Yumshoq monetar siyosat – iqtisodiyot o‘sish pallada bo‘lganda ko‘proq 
qo‘llaniluvchi, tovar-pul muvozanatini pulni qisqartirish hisobidan emas, balki 
tovarlarning ko‘payishi orqali ta’minlash. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin