O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta masxus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti u. V. G‘afurov, M. Sh. Xalilov, Sh. Boymurodov


 Davlatning iqtisodiy siyosati ta’riflari va ko‘nikmalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175097
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
1 Ўкув КУЛЛАНМА ЛОТИН Davlat Iqt va Siyosati qayta ishlangan OHIRGI (1)

2. Davlatning iqtisodiy siyosati ta’riflari va ko‘nikmalari. 
 
Iqtisodiy siyosat uch darajada bo‘ladi, ular: mikro, makro va meta (xalqaro) 
siyosatdir. 
Davlatning siyosati – bu makroiqtisodiy siyosat bo‘lib, uning muayyan 
mamlakatning milliy iqtisodiga taalluqli yo‘l-yo‘riqlari va ulardan kelib chiqadigan 
sa’y-harakatlaridan iboratdir. Davlatning siyosati har doim milliy bo‘ladi, mamlakat 
rivojining ichki va tashqi sharoitini hisobga oladi. Siyosatda eng avval mamlakat 
iqtisodiyotining holati, xalqaro iqtisodiy kon’yunkturaning milliy iqtisodiyotga 
nechog‘lik ta’sir etishi, unda kutilayotgan o‘zgarishlar mamlakat zimmasiga olgan 
xalqaro majburiyatning qandayligi, mamlakat iqtisodiyotining resurslar bilan 
ta’minlanish darajasidan kelib chiqadi, ilgari amalga oshirilgan chora-tadbirlar 
bergan natija ham hisobga olinadi. Davlat siyosati davlat rahbarlarining irodasi va 
qat’iyatligiga va yetilgan iqtisodiy muammolarni naqadar idrok etishlariga ham 
bog‘liq bo‘ladi. 
Davlatning siyosati milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda ma’lum 
maqsadlarni ko‘zlaydi. Bulardan asosiylari quyidagilar: 
1. Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash. Bu yalpi ichki mahsulotning bir 
maromda va yetarli sur’atlar bilan o‘sishiga sharoit hozirlashni bildiradi, chunki 
YAIM qanchalik tez o‘sa, mamlakat iqtisodiy qudrati shunchalik oshadi. 
2. Milliy iqtisodiyotning mustaqilligini ta’minlash, uning chet elga qaram 
bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik. Iqtisodiyot qanchalik mustaqil bo‘lsa, shunchalik milliy 
manfaatlarga ko‘proq xizmat qiladi. 



3. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash. Bu iqtisodiy aylanmaning uzluksizligini, 
ya’ni takror ishlab chiqarishning to‘xtovsiz davom etishini, iqtisodiy falajlikka yo‘l 
qo‘yilmasligini bildiradi. 
4. Milliy pul qadr-qiymatining barqarorligini ta’minlash – mamlakatdagi pul 
muomalasining me’yorida borishiga erishish, pulni iqtisodiy aloqalarning muntazam 
ishlab turuvchi vositasiga aylantirish. 
5. Aholi turmush farovonligini mustaqil oshirib, iqtisodiyotning ijtimoiyligini 
to‘laroq yuzaga chiqarishga ko‘maklashish. 
6.Milliy iqtisodiyotni xalqaro integratsion jarayonlar va globalizatsiyada faol 
ishtirok etib, xalqaro iqtisodiyotda o‘z o‘rnini topishi, baynalminal iqtisodiy 
munosabatlarning teng huquqli ishtirokchisiga aylanishiga erishish. 
7. Milliy iqtisodiyotning istiqbolini ta’minlash, ya’ni uni uzoq kelajakda o‘sib 
borishiga sharoit hozirlash. Bular iqtisodiy siyosatning strategik, ya’ni uzoq davrga 
mo‘ljallangan maqsadi hisoblanadi. Biroq uning qisqa vaqtdagi taktik, ya’ni juz’iy 
maqsadlari ham bor. Bular jumlasiga iqtisodiy tanglikdan chiqib ketish, narxlarning 
barqarorligini ta’minlash, investitsion faollikni rag‘batlantirish, eksport salohiyatini 
oshirish, novatsiyalarni ta’minlash, yangi tashqi bozorlarga kirib borish kabilar 
kiradi. Juz’iy maqsadlar strategik maqsadlardan kelib chiqadi va ularga xizmat 
qiladi. 
Davlat siyosati belgilagan maqsadlarga quyidagi vositalar bilan erishadi: 
birinchisi, iqtisodiy vositalar bo‘lib, bular jumlasiga soliqlar, subsidiyalar, 
litsenziyalar, eksport kvotalari, uchyot stavkalari, davlat buyurtmalari, davlat 
investitsiyalari, transfertlar, turli iqtisodiy sanksiyalar (jazolash vositalari) kabilar 
kiradi. Ikkinchisi, yuridik vositalar. Bu iqtisodiy faoliyat tartibi va qoidalarini, uning 
davlat tomonidan rag‘batlantirilishini belgilab beruvchi qonunlarni, ularga mos 
ravishdagi qonun osti hujjatlarini ishlab chiqish, ularni qabul qilish va joriy etishdan 
iboratdir. 
Qonunchilik iqtisodiyotning huquqiy asoslarini belgilab beradi, bular esa 
bozor iqtisodiyotining ob’ektiv iqtisodiy qonunlari talabidan kelib chiqishi zarur. 
Iqtisodiyotga oid yuridik qonunlarni parlament qabul qiladi. Hukumat esa ularning 
amalga oshirilishini ta’minlaydigan qarorlar va farmoyishlarni ishlab chiqadi. 
Tegishli davlat idoralari qonunlarning amalga oshirilishini nazoratga oladi.
Uchinchisi, siyosiy-ma’muriy vositalar. Davlat hokimiyat sohibi bo‘lganidan o‘z 
siyosatiga rioya etilishini o‘z organlari kuchi bilan ta’minlaydi. Davlat oliy siyosiy 
institut hisoblanar ekan, uning qarorlari va buyruqlariga hamma itoat etishi kerak 
bo‘ladi. Ma’muriy usul yordamchi usul hisoblanadi, u bozor tizimida yaxshi natija 
bermaganidan cheklangan holda qo‘llaniladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin