6
Davlatning boshqa vazifalari iqtisodiyotni tartibga solishning umumiy
tamoyillaridan kelib chiqadi. Bu yerda davlatning uchta vazifasi alohida ahamiyatga
ega:
1) daromad va boylikni qayta taqsimlash;
2) resurslarni qayta taqsimlash;
3) iqtisodiyotni barqarorlashtirish, yaʼni iqtisodiy tebranishlar vujudga
keltiradigan inflyatsiya va bandlilik darajasi ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy
oʼsishni ragʼbatlantirish.
Davlat bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishining shart-sharoiti
hisoblangan huquqiy asosni taʼminlash vazifalarini oʼz zimmasiga oladi. Bozor
iqtisodiyoti uchun zarur boʼlgan huquqiy asosni taʼminlash quyidagi tadbirlarning
amalga oshirilishini taqozo qiladi: xususiy korxonalarning huquqiy mavqeini
mustahkamlash; xususiy mulkchilik huquqini taʼminlash va shartnomalarga amal
qilishni kafolatlash; korxonalar, resurslarni yetkazib beruvchilar va isteʼmolchilar
oʼrtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonuniy bitimlarni ishlab chiqish va
boshqalar. Oʼzbekiston Respublikasining «Korxonalar toʼgʼrisida», «Tadbirkorlik
faoliyati toʼgʼrisida» va «Аktsionerlik jamiyatlari toʼgʼrisida»gi qonunlari hamda
ularga kiritilgan qoʼshimcha va tuzatishlar, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish boʼyicha tadbirlari bozor iqtisodiyoti uchun zarur huquqiy asosni
taʼminlashga qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: