9
kredit uchun 72 mlrd. dollar qoladi. Bordi-yu bu zaxira 15 foizga chiqarilsa, kreditga
68 mlrd. dollar qoladi. Bu bilan kreditga mo‘ljallangan pulning taklifi oshadi yoki
qisqaradi. Shunga qarab, kredit olish goh oshib, goh qisqarib turadi. Monetar
siyosatning aytilgan yo‘nalishlari shuni ko‘rsatadiki, unda turli iqtisodiy vositalar
qo‘llaniladi.
Monetar siyosat ikki xil bo‘ladi:
1) qattiq siyosat. Bunda pul massasi qisqartiriladi, uning emissiya (pul
chiqarish) hisobidan o‘sishi qat’iy chegaralanadi. Natijada pul massasi qisqarib,
tovar massasiga tenglashadi. Pulning qisqarishi talabni kamaytiradi, narxlar esa
o‘smaydi, pul birligining xarid qurbi barqarorlashadi. Pul topishga intilish
iqtisodiyotning jonlanishiga olib keladi. Bunday siyosat ilgari ta’kidlaganimizdek,
odatda iqtisodiyotni tanglikdan chiqarish yoki inflyatsiyani keskin susaytirish uchun
qo‘llaniladi;
2) yumshoq monetar siyosat. Bunda davlat pul massasining ortishiga
to‘sqinlik qilmaydi, pul emissiyasi hadeb cheklanavermaydi, natijada pul ko‘payib,
uning arzonlashuvi yuz beradi. Yumshoq siyosat iqtisodiyot o‘sish pallada
bo‘lganda ko‘proq qo‘llaniladi, chunki pul massasining o‘sishiga qarab tovarlar
massasi ham o‘sadi. Bunda tovar-pul muvozanati pulni qisqartirish hisobidan emas,
balki tovarlarning ko‘payishi tufayli ta’minlanib turadi.
Dostları ilə paylaş: