15
etadi. Ularga eng avvalo tartibga solishni tashkil etish va amalga oshirish boʼyicha
xarajatlarni kiritish mumkin. Shuningdek, tartibga solishning u yoki bu shakli bozor
muvozanati, ishlab chiqarish hajmi, resurslarning qayta taqsimlanishiga koʼrsatishi
mumkin boʼlgan taʼsirni ham hisobga olish lozim. Bunda tartibga solishni amalga
oshirish bilan bogʼliq boʼlgan sarf-xarajatlarning miqdori davlatning iqtisodiyotni
tartibga solishi natijasida olinadigan samaradan kam boʼlishi lozim. Ularning nisbati
davlatning iqtisodiyotga aralashuvi chegaralarini belgilab beradi.
90-yillardan boshlab iqtisodiyotni tartibga solishda keynscha tendentsiyalar
yangidan kuchaya boshladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi
tipi davlat va xususiy sektor oʼrtasidagi munosabatlarni roʼyobga chiqarish, davlat
tomonidan tartibga solishning moslashuvchanligini oshirish, toʼgʼridan-toʼgʼri
aralashuv shakllari va byurokratik nazoratning kamayishi bilan tavsiflanadi.
Davlatning klassik iqtisodiy funksiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
•
iqtisodiyotni barqarorlashtirish
•
mulk va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish
•
pul muomalasini tartibga solish
•
daromadlarni qayta taqsimlash
•
ish beruvchi va xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish
•
tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish va mamlakat iqtisodiy
manfaatlarini himoya qilish
•
ijtimoiy ne’matlar yaratish (ishlab chiqarish) (alohida ajratilmaydi
hamma uchun, raqobatga ega emas bir kishi foydalanishi ikkinchiga kamaytirmaydi,
bo‘linmaydi)
Dostları ilə paylaş: