O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta masxus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti u. V. G‘afurov, M. Sh. Xalilov, Sh. Boymurodov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175097
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   81
1 Ўкув КУЛЛАНМА ЛОТИН Davlat Iqt va Siyosati qayta ishlangan OHIRGI (1)

Takrorlash uchun savollar 
1. 
Iqtisodiyot tushunchasi va uning bosh masalasi nima? 
2. 
Ehtiyoj nima? Uning qanday turlarini bilasiz? 
3. 
Iqtisodiy resurs tushunchasiga va uning turlariga ta’rif bering. 
4. 
Nima uchun hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va yetkazib berish 
insonning turli xil faoliyatlari ichida eng asosiysi hisoblanadi? 


18 
5. 
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nimadan iborat? U boshqa 
iqtisodiy fanlar ichida qanday o‘rin tutadi? 
6. 
Iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida shakllanishida qanday ilmiy maktab 
va yo‘nalishlar vujudga kelgan? 
7. 
Iqtisodiyot nazariyasining qanday vazifalari mavjud? Bu vazifalarning 
bugungi kundagi ahamiyati nimalarda namoyon bo‘ladi? 
8. 
Iqtisodiy qonunlar nima va ularning qanday turlari mavjud? Iqtisodiy 
qonunlarning iqtisodiy kategoriyalardan farqi nimada namoyon bo‘ladi? 
9. 
Iqtisodiyot nazariyasini o‘rganishda qanday usullardan foydalaniladi? 
10. 
Makroiqtisodiy tahlil bilan mikroiqtisodiy tahlil o‘rtasidagi farq 
nimadan iborat? 


19 
3-MAVZU: OVOZ BЕRISH JARAYONLARI 
1. 
Ovoz berish metodlari. 
2. 
Ommaviy ovoz berishning ijobiy va salbiy jihatlari. 
3. 
Kondorset g‘olibi tushunchasi. 
1. 
Ovoz berish metodlari. 
Ovoz berish - xilma-xil qarashlarni hal qilish yoki afzalliklarni ifoda 
yetishning eng ko‘p qo‘llaniladigan usuli. U mahalliy va yuqori darajadagi saylovlar 
natijalarini aniqlash uchun ishlatiladi. Tashkilotlar ichida ovoz berish bo‘limlarga 
kimlar saylanganligini aniqlaydi va u ushbu bo‘limlarning qarorlarini qabul qilishni 
boshqaradi. Ovoz berish - hayotning barcha sohalarida uchraydigan universal vosita.
Ovoz berishning keng tarqalishi, undan hukumatlarni saylashda va qaror 
qabul qilish uchun saylangan hukumatlar tomonidan foydalanish ovoz berish 
xususiyatlariga katta qiziqish uchun asosdir. 
Ovoz berishda tabiiy ravishda savol berish - bu qaror qabul qilishning yaxshi 
uslubi. Yaxshi usulni izlash uchun ikkita asosiy xususiyat mavjud.
Birinchidan, aniq qaror qabul qilishda usulning muvaffaqiyati yoki 
muvaffaqiyatsizligi.
Ikkinchidan, ovoz berish har doim samarali natijani beradimi yoki yo‘qmi 
degan savol.
Ovoz berish, agar u tez-tez natijalar tanlovini hal qilinmasdan qoldirgan yoki 
boshqa alternativalardan aniq pastroq bo‘lgan tanlovga olib keladigan bo‘lsa, 
cheklangan ahamiyatga ega bo‘ladi. Ovoz berish ushbu xususiyatlarga javob 
beradimi yoki yo‘qmi, qabul qilingan aniq ovoz berish uslubiga bog‘liq. Oddiy 
ommaviy ovoz berish juda tanish, ammo bu ovoz berishning bir qator usullari 
orasida faqat bittasi. Ovoz berishning ushbu usullaridan ba’zilari ko‘pchilik ovoz 
berishning standart shakli bilan bir qatorda joriy yetiladi va tahlil qilinadi. 
Aktiv saylov huquqi – Bu saylash huquqi bo‘lib, har bir fuqaroning davlatni 
boshqarishda o‘z vakillarini saylash bilan ishtirok etishini nazarda tutadi. 
Saylov tizimi – O‘zbekiston Respublikasida saylov tizimi deganda, keng 
ma’noda Oliy hokimiyat vakillik organlari hamda mahalliy vakillik organlarini 
shakllantirish tartibi tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasi saylov tizimi majoritar 
saylov tizimiga asoslangan. 
Saylov huquqining asosiy prinsiplari – umumiy saylov huquqi prinsipi; teng 
saylov huquqi prinsipi; to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi prinsipi; yashirin ovoz 
berish huquqi prinsipi. 
Yosh senzi – Saylovlardagi yosh senzi fuqarolarning saylovda ishtirok 
etishlari uchun muayyan, qonunda belgilangan yoshga yetishlari talab etilishidir. 
Masalan: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod sifatida 25 yosh; 
Viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga nomzod sifatida 21 yosh etib 
belgilangan. 


20 
Saylov madaniyati – Saylov madaniyati deganda, saylovchilarning o‘z siyosiy 
huquqlaridan oqilona foydalanib, saylovlarda faol ishtirok etishi, shuningdek 
ularning hamda saylov tashkilotchilarining saylovlarni o‘tkazish, unda qatnashish 
va ovoz berish chog‘ida amaldagi qonunlarga, o‘rnatilgan tartiblarga amal qilishi, 
saylov qatnashchilarining bir birlarini hurmat qilishi tushuniladi. 
Ovoz berish vaqti va joyi to‘g‘risida saylovchilarni uchastka saylov 
komissiyasi saylovdan kamida 10 kun oldin xabardor qiladi 
Ovoz berish kuni, vaqti va joyi to‘g‘risida (saylovdan kamida 15 kun oldin), 
uchastka saylov komissiyasining aniq manzili, telefon raqami, ish vaqti, saylovchilar 
ro‘yxati hamda deputatlikka nomzodlar haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish uchun 
saylovchilar uchastka saylov komissiyasi tomonidan xabardor qilinadi. 
Ovoz beruvchilarning xohish-irodasini nazorat qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, 
ya’ni saylovchilarning saylovga kelish-kelmasligi va o‘zlari xohlagan nomzodga 
ovoz berish-bermaslik masalasi bu ularning huquqidir. 
Mamlakatimiz saylov qonunchiligiga ko‘ra, saylov kuni o‘z yashash joyida 
bo‘lmaydigan saylovchi muddatidan oldin ovoz berishi mumkin. 
Saylovchi saylov kunida bo‘la olmasligi sabablari ko‘rsatilgan ariza asosida 
uchastka saylov komissiyasiga murojaat qiladi hamda saylov byulletenini olib, ovoz 
berishni amalga oshiradi. 
Saylovchi arizasida saylov kuni ovoz berish uchun saylov uchastkasiga kela 
olmaslik sababini (vaj) ko‘rsatsa, shu arizasiga asosan muddatidan oldin ovoz berish 
imkoniyati yaratib beriladi. 
Arizaga hech qanday qo‘shimcha ma’lumot talab etilmaydi. Arizaning o‘zi 
yetarli hisoblanadi. 
Uchastka saylov komissiyasi saylovchidan saylov kunida bo‘la olmasligining 
sabablarini tasdiqlovchi qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish huquqiga ega emas. 
Muddatidan oldin ovoz berish saylovga 10 kun qolganida boshlanadi. 
Muddatidan oldin ovoz berish saylovga 3 kun qolganida tugallanadi. 
Muddatidan oldin ovoz berishni o‘tkazish vaqti okrug saylov komissiyasi 
tomonidan belgilanadi va saylovchilarning e’tiboriga yetkaziladi. 
Muddatidan oldin ovoz beradigan saylovchiga saylov byulleteni u tomondan 
saylovchilar ro‘yxati ko‘chirmasiga imzo qo‘yilgandan so‘ng taqdim etiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin